“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
45 
Kub qoldiqni bo`luvchi voronkaga vakuum yordamida o`tkaziladi. Uning ustiga bir xil hajmda 
xloroform qo`shiladi va 10 min chayqatiladi. Uning ustiga bir xil hajmda xloroform qo`shiladi va 10 
min chayqatiladi va 20 min tindiriladi. Tingandan so`ng pastki qism yig`gichga yig`iladi. Bo`lish 
voronkasiga yana yangi xloroform 1|3 hajm miqdorda qo`shiladi. Ekstraktsiya yana xuddi shu 
sharoitda 8-10 marta takrorlanadi. 
Xloroform va izopropil spirti aralashmasi bilan ekstraktsiyalash 
Tozalangan suvli eritmani voronkaga o`tkaziladi. Unga suvli eritmani 3|2 qismigacha xloroform 
va izopropil spirti 3 |1 nisbatda aralashmasi qo`shiladi. ( 2 marta ekstraktsiyalash uchun 3|1 qismi 
olinadi). Aralashmalar 20 min dan aralashtiriladi. Qatlamlar ajralishiga 15 min vaqt beriladi. 
Ektraktsiyalash 8-10 marta takrorlanadi (bunda suvli qism Legal reaksiyasi bermaguncha). 
Xloroformli-izopropanolli aralashmani bug`latish 
Xloroform-izopropanolli ekstraktni vakuum-tsirkulyatsion bug`latish apparatida 0,3 atm bosimda 
75-150 mm. sim.ust. bug`latiladi. Bug`latishning oxirgi kerakli hajmgacha tuzsizlantiriligan suv 
qo`shilib, bug`latishni xloroform yo`qolguncha davom ettiriladi. Bug`latish tugagandan so`ng qoldiqni 
butilkaga solib keyingi jarayonga o`tkaziladi. 
Alyuminiy oksidi bilan tozalash 
Xromatografik kolonkaning balandligi 600 mm, diametri 300mm bo`lib, patki qismiga nerjdan 
tayyorlangan to`r joylashtirilgan va to`rning ustiga ikki qavat doka yoki 32 № li kapronli to`r va bir xil 
qalinlikdagi paxta joylashtirilgan bo`lib, uning ustiga 2-3 sm quruq alyuminiy oksidi sepiladi. Boshqa 
nerjli idishga 50% metanol tayyorlanadi. Alyuminiy oksidini idishga sepiladi ( ya'ni 1 kg xom ashyoga 
100 g AL2O3 ) yaxshilab suspenziyalanadi va xromatografik kolonkaga o`tkaziladi. Alyuminiy oksidi 
kolonkada cho`kmaga tushadi, toza metanol esa oqib ketadi. Bug`latilgan xloroform-izopropanolli 
ektraktni barobar hajmda suyultiriladi va kerakli hajmgacha 50% metanol bilan etkaziladi. Yaxshilab 
aralashtirilib, kolonkadan o`tkaziladi. So`ngra 50% li metanol bilan elyuatsiyalanadi. Lyugol 
reaksiyasi bermaguncha. Elyuatlar yig`ilib xaydash uchun vakkum-tsirkulyatsion apparatga yuboriladi. 
Bug`latish kondensatni solishtirma og`irligiga teng bo`lguncha olib boriladi.
Texnik abitsin olish 
Suvli kub qoldiqni vakuum yordamida shisha reaktorga o`tkaziladi va etil atsetat bilan 10 min 
aralashtirilib ekstraktsiya qilinadi. So`ng qatlamlar hosil bo`lish uchun 20 min tindiriladi. Pastki suvli 
qism yuqorigi etilatsetat qismidan ajratiladi va suvli qismiga yana etilatsetat yangi portsiyasi solinib, 
bu jarayon 3 marta takrorlanadi. Yig`ib olingan etilatsetat vakuum-tsirkulyatsion apparatda 
bug`latiladi. Kub qoldiqni konussimon kolbaga solib, shu bor hajmiga teng disstillangan suv qo`shiladi 
va yaxshilab aralashtirilib va 10 kunga xona haroratida abitsinni kristallash uchun qoldiriladi. 3-4 chi 
kunlarida kolbani 5
0
C sovuqqa qo`yiladi, vaqt o`tgandan so`ng abitsinni shisha filtrda filtrlanadi. 
Cho`kma 5
0
C sovutilgan sovuq suv bilan yuviladi, kristallizatordan o`tkaziladi va vakuum quritgichda 
50-60 S da 3-4 soat quritiladi. Chiqish unumi 25,4%. 
Texnik abitsinni kristallash 
Texnik abitsinni maydalab, issiqlikka chidamli tubi yumaloq kolbaga solamiz 96,5 % 1:5 
nisbatda etanolda eritiladi. Kolbaga teskari sovutkich o`rnatilgan bo`lib, suv xammomi ustida olib 
boriladi. So`ngra faollashtirilgan ko`mir solib yana 10 min kolba qaynatiladi. Issiq spirtli eritmani 
Byuxner voronkasi orqali filtrlanadi. Filtratni 5 S 18-20 soatga sovutgichga qo`yiladi. Vaqt o`tgandan 
so`ng shisha filtrda filtrlanadi. Filtratdagi cho`kma yaxshilab siqiladi va oz miqdorda sovuq etanol 
bilan yuviladi. So`ng vakuum quritgich shkafida 50-60
0
C 5-6 soat quritiladi. Chiqish unumi-85%. 
Bshlang`ich jarayondan to oxirigacha chiqish unumi-21,6 %.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin