79
tushunilgan va baholangan yangi bilimlar qatoriga kiradi.
Axborotlar deganda boshqaruvchi va boshqaruvchilar, xo‘jalik sub’ektlari
orasida
sirkulyatsiya qilib turadigan, tabiat, jamiat va ijtimoiy hayotda ro‘y
berayotgan jarayonlar,
hodisalar, munosabatlar xususiyatlari to‘g‘risida boshqaruv
qarorlari qabul qilish, texnik-iqtisodiy hisobotlarni asoslash uchun zarur bo‘lgan
xabarlar majmuasini tushunamiz.
Axborotlar doirasi juda kengdir va uning har xil turlari mavjud. Tabiat
to‘g‘risida, tarix to‘g‘risida, ijtimoiy hayot to‘g‘risida, siyosat to‘g‘risida,
texnikaviy, iqtisodiy va hokazolar.
Axborotlar deganda boshqaruvchi va boshqariluvchilar, xo‘jalik sub’ektlari
orasida sirkulyatsiya qilib turadigan, tabiat, jamiyat va ijtimoiy hayotda ro‘y
berayotgan jarayonlar, hodisalar, munosabatlar xususiyatlari to‘g‘risida boshqaruv
qarorlari qabul qilish, texnik-iqtisodiy hisobotlarni asoslash uchun zarur bo‘gan
xabarlar majmuasini tushunamiz.
Iqtisodiy axborotlarga tushuncha berib o‘tamiz. qisqacha qilib aytganda
iqtisodiy axborotlarda iqtisodiy jarayon va hodisalarning son va sifat tomonlari o‘z
ifodasini topadi. Iqtisodiy axborotlarga keng ma’noda
qaralsa quyidagilardan
tarkib topadi:
•
boshqaruvchi va boshqariluvchi ob’ektlar o‘rtasida aloqa vositasi sifatida
ishlatiladi;
•
barcha aloqador ob’ektlar, sub’ektlar orasida bir-biriga yuboriladigan
xabarnoma sifatida ko‘rinadi;
•
boshqaruv qarorlarini asoslash va qabul qilish uchun zarur bo‘lgan hodisalar,
jarayonlar, munosabatlar va narsalarning xususiyati to‘g‘risidagi yangi bilimlar
majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi;
•
hodisalar va jarayonlarni o‘ziga xos xususiyatlaridan darak beruvchi xabarnoma
sifatida tasavvur qilinadi;
www.sies.uz
Page 79 of 356
80
•
iqtisodiy usul va uslublarni ishga solish, fan predmetini o‘rganish va tadqiq
qilish hamda xulosalarini namoyon qilish uchun dastak bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib
turibdiki, iqtisodiy ma’lumotlar iqtisodiyotda
ahamiyati katta, keng ma’noda ishlatiladi, ishlatilish doirasi ham keng.
Konkret qilib ta’rif berilsa, iqtisodiy axborotlarda jamiyatda sodir
bo‘layotgan barcha iqtisodiy ishlarning son va sifat jihatlari (hajmi, mazmuni) o‘z
ifodasini topadi.
Iqtisodiy axborotlarni tasnifi 5.1.3.1-chizmada ifodalangan.
Iqtisodiy axborotlar to‘g‘risida xabarlar ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi.
O‘rganiladigan hodisa, jarayon, ob’ekt yoki
predmetlarni son va sifat
jihatlarini, hajmini, mazmunini namoyon qiluvchi vositalar ko‘rsatkichlardir.
Ko‘rsatkichlar natural, qiymat, absolyut va nisbiy o‘lchov birliklarda
namoyon bo‘ladi. Ko‘rsatkichlar to‘g‘risida tegishli boblarda so‘z yuritiladi.
Iqtisodiy axborotlarni namoyon bo‘lishi belgilangan yoki qabul qilingan
hujjatlar orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiy axborotlarni rasmiylashtirish belgilangan
shakldagi hujjat va
blankalar orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: