135
Asosiy bo‘lmagan faoliyatdan olingan
daromadlar
o‘z aksiyalari,
obligatsiyalari va
boshqa qimmatbaho qog‘ozlaridan
foizlar
Moliyaviy
faoliyatdan olingan
daromadlar
Favqulot-dagi
daromadlar
Mehnat
jamoasidan
badalalr (pay) va
boshqa tushumlar
Dividendlar hisobidan daromadlar
www.sies.uz
Page 135 of 356
136
Ijtimoiy mahsulotni taqsimlash nuqtai nazaridan qaralganda moliyaviy resurslar
deganda, davlat va korxonalarda o‘z maqsad va vazifalarini bajarish uchun
to‘planadigan, taqsimlanadigan va ishlatiladigan pul shaklidagi ijtimoiy mahsulot va
milliy daromadning bir qismi tushuniladi.
Amaliy nuqtai nazardan savdo korxonalarini
moliyaviy resurslari ular
ixtiyorida bo‘lgan jami pul shaklidagi daromadlar va jamg‘armalar yig‘indisidir.
Moliyaviy resurslarni joriy faoliyat, kredit resurslar, pul mablag‘lari rezervlari
bilan bog‘liq bo‘lgan harajatalrni qoplangandan keyin korxona
ixtiyorida qoladigan
pul mablag‘lari jamg‘armalari tashkil qiladi.
Moliyaviy resurslarga ma’lum miqdorda moddiy boyliklar mos keladi. Asosiy
va aylanma fondlar, moddiy va mehnat resurslarini samarali ishlatish moliyaviy
resurslar holatini belgilaydi.
Moliyaviy resurslar bilan ta’minlanish uch xil shaklda amalga oshiriladi:
- o‘z-o‘zini moliyalashtirish;
- kreditlashtirish;
- davlat tomonidan moliyalashtirish.
Moliyaviy resurslarning ko‘rsatkichlari
Moliyaviy
resurslar bir tomondan, pul mablag‘i sifatida jamg‘ariladi, ikkinchi
tomondan avanslanadi – moddiy, nomoddiy resurslarga, investitsiya yoki kapital
sifatida hamda qimmatbaho qog‘ozlarga, aksiyalarga
va nihoyat badallar, to‘lovlar,
soliqlar sifatida ishlatiladi.
Manbalari nuqtai nazaridan moliyaviy resurslar o‘z mablag‘lari, qarzga olingan
mablag‘lar va jalb qilingan mablag‘lardan iborat bo‘ladi.
Ushbulardan kelib chiqib, moliyaviy resurslarning ko‘rsatkichlarini quyidagi
guruhlarga ajratish lozim bo‘ladi:
1.
Moliyaviy resurslarning holati va tarkibini anglatuvchi ko‘rsatkichlar.
www.sies.uz
Page 136 of 356
137
2.
Moliyaviy resurslarni samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularga
quyidagi to‘rt guruh ko‘rsatkichlarni tavsiya qilish mumkin:
•
moliyaviy resurslarni barqarorligi;
•
asosiy fondlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar;
•
aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar;
•
nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.
Moliyaviy resurslarni holatini va tarkibini anglatuvchi ko‘rsatkichlar,
ularni
absolyut summasi va nisbiy ko‘rsatkichlar miqdori sifatida buxgalteriya va statistik
hisobotlarda o‘z aksini topadi va ular asosida hisoblanadi. Ularga quyidagi hisobot
shakllarini kiritish mumkin:
- buxgalteriya balansi – 1 sonli shakl;
- kassa aylanmasi to‘g‘risida hisobot – 11-torg shakli (Davlat statistika
hisoboti);
- debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma – 2a –sonli shakl;
- pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot – 4 shakl;
- korxona sarf-harajatlari to‘g‘risidagi hisobot 5-S shakl.
Ushbu hisobotlardan moliyaviy resurslarni holatini belgilovchi ko‘rsatkichlarni
ajratib olib, ularning holatiga, tarkibiga baho berish va tahlil qilish mumkin bo‘ladi.
Moliyaviy resurslarni barqarorlik ko‘rsatkichlari tizimi 6.3.3.1-chizmada
keltiriladi.
Moliyaviy resurslarni asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq
ko‘rsatkichlar.
Ushbu
kitobning
6.1.3.
va
6.2.3.-paragraflarida
ularning
samaradorligini belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimida berilgan.
Moliyaviy
resurslarni shakllanishi, ishlatilishi xususiyatlari ko‘p qirrali
bo‘lganligi sababli ularni jamg‘arilishi, avanslanishi va ishlatilishi nuqati nazardan,
ushbu xususiyatlariga taalluqli ko‘rsatkichlar orqali ham tahlil qilish maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz.
Keltirilgan masalalarga hamda nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq bo‘lgan
www.sies.uz
Page 137 of 356
138
ko‘rsatkichlariga bag‘ishlangan, o‘zbek tilida chop etilgan
bir qator adabiyotlar
mavjud
1
va bu masalalar ularda to‘liq yoritilganligini hisobga olib biz yuqoridagilar
bilan chegaralanamiz.
Dostları ilə paylaş: