56
boʻlgan urbanizatsiya sur’atlari hamda qishloqdan shaharga koʻchib
kelayotgan aholi malakasining pastligida deb izohlaydilar.
Aholining ish bilan bandlik dinamikasi, YaIM bilan ishsizlik
oʻrtasidagi bevosita aloqaning tasdiqlanmasligi dastlabki qarashda
mantiqan zid hodisadir. Ikkita dalil kishini hayratga soladi: birinchidan,
ishsizlikning YaIMning oʻsishiga qiyosan ilgarilovchi qisqarishi;
ikkinchidan, ish bilan bandlikning kamayishi bilan birga ishsizlikning
qisqarishi.
Fikrimizcha, bu hodisalarni faqat statistik xatoliklar va ishsizlik
maqomini berish shartlarining murakkablashuvi bilan izohlab
boʻlmaydi.
Koʻrinishidan
yaxshi
boʻlgan
iqtisodiy
oʻsish
koʻrsatkichlaridan ish bilan bandlikning kamayishini ikkita sabab bilan
izohlash mumkin. Birinchidan, yashirin ishsizlikning yuqori darajasi
saqlanganligi, u oʻz potensialini, hatto ayrim barqarorlik sharoitlarida
ham ochiq bozorga chiqarib turadi. Ikkinchidan, yashirin ish bilan
bandlikning koʻpayishi, u ishchi kuchi va ishsizlarning sezilarli qismini
ochiq mehnat bozoridan tortib turadi.
Respublikamizda ishsizlikning paydo boʻlish sabablariga koʻra,
quyidagi
Dostları ilə paylaş: