60
Ishsizlik darajasi doimo noldan yuqori boʻladi, chunki ixtiyoriy va
tarkibiy ishsizlik u yoki bu koʻrinishda mavjud boʻladi. Lekin ishsiz-
likning tabiiy darajasi inflatsiyaning kuchayishini toʻxtatib turadi.
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda tabiiy ishsizlik darajasi
quyidagi sabablarga koʻra ortishi mumkin:
1) mehnatga oʻsmirlar, ayollarning jalb etilishi;
2) davlatning iqtisodiy siyosatni ishsizlarga kam maosh toʻlay-
digan ishlarga yollanmasdan uzoq muddat yuqori ish haqi to‘laydigan
ishni qidirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda koʻpchilik mamlaktlarda
ishsizlarga 16 dan 26 haftagacha olayotgan eng soʻnggi ish haqining 50
foizi miqdorida ishsizlik nafaqasi toʻlanadi va soliqlardan ozod etiladi,
natijada ular ish haqining 60–70 foizi miqdorida pul ola boshlaydilar;
3) tarkibiy ishsizlikning kuchayishi ishsizlik tabiiy darajasining
oʻsishiga olib keladi. Masalan, qishloq xoʻjaligining sust rivojlanishi.
Amalda ishsizlik tabiiy darajasining eng maqbul miqdori yoʻq.
Hali hech kim iqtisodiyot uchun eng maqbul ishsizlik darajasini
isbotlashga erishgan emas. Aksincha, ayrim hisoblardan koʻrinadiki,
yalpi milliy mahsulotning yuqori darajada oʻsishi ishsizlikning tabiiy
darajasini pasaytiradi.
Ammo u maqbul miqdordan yuqori boʻlib qolaveradi. Chunki,
yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarish oʻz imkoniyat darajasiga
yetmagan boʻladi. Yalpi milliy mahsulotni potensial darajasigacha
oʻstirish esa haddan tashqari iqtisodiy farovonlikka olib keladi va
oqibatda inflatsiya kuchayishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: