63
7. Artur Ouken qonunini ta’riflab bering.
8. Ishsizlikni kamaytirish borasida davlat tomonidan qanday
tadbirdar oʻtkaziladi?
Asosiy adabiyotlar
1. Abdurahmonov Q.H. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). – T.: «Fan»,
2001.
2. Abdukanisv A.. Mirzakarimova M. O‘tish
davri iqtisodiyotida
mehnat bozori. – T.: «Mehnat», 1999.
3. Никифорова A.A. Рынок труда: занятост и безработица. -
М.:Международное отношения, 1991.
4. Рнок труда // под рд. В.С.Буланова и Н.A.Волгина (Учебник).
-М.: Экзамен, 2000.
5. Холмўминов Ш.Р. Моделирование сельского рынка труда. -
Т.:
«Фан», 1996.
64
VI BOB
MEHNAT BOZORI VA AHOLINING ISH BILAN
BANDLIGINI TAHLIL QILISHNING BALANS USLUBI
6.1. Mehnat bozori va aholining ish bilan bandligini tahlil
qilishda balans uslubining ahamiyati
Balans uslubining asosiy vazifalari mehnat resurslarining bandlik
holatiga, aholi tabiiy va mexanik harakatlarining oʻzgarishlariga,
mehnatga qobiliyatli aholi bandligining soni va tuzilishiga,
buyum-
lashgan va jonli mehnatning sarflanishini taqsimlash va foydalanish
darajasiga, ish joylarining miqdori va tuzilishiga, mehnat resurslaridan
foydalanishning samaradorligiga, xodimlar kasb-malaka tarkibi shakl-
lanishining manbalari va koʻlamlariga, ijtimoiy-iqtisodiy
aloqalarning
buzilishi sharoitlarida mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlariga
ta’sir qiluvchi omillarni har taraflama hisobga olish va kompleks tahlil
qilishdan iborat. Ushbu uslub quyidagi oʻzaro bog‘liq tizimlardan tash-
kil topadi: mehnat resurslari balansi, mehnat resurslarining harakati va
mehnat sarflarining
tarmoqlararo balanslari, mehnat boʻyicha balans
hisob-kitoblari hamda ish joylari va mehnat resurslarining yig‘ma
balanslari.
Mehnat (resurslari balansini tuzish
hamda ishga joylashishga
muhtoj shaxslarni aniqlash chog‘ida asosiy axborot manbalari davlat
statistikasi (mehnat boʻyicha, aholi boʻyicha statistika hisobotlari)
ma’lumotlari, ma’muriy hisobga olishning (masalan, mehnat
va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish organlari, uy xoʻjaliklari, xodimlar roʻyxatlari)
har xil turlari, shuningdek, ish bilan bandlik masalalari yuzasidan ishchi
kuchini tanlab tekshirishdan iborat boʻladi. Ushbu xilma-xil manbalar
ulardagi axborotning xususiyati va mazmuni, ma’lumotlarni toʻplash
shakllari va usullari boʻyicha bir-biridan farq qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: