Ilm-fan va ta’lim



Yüklə 6,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/96
tarix13.12.2023
ölçüsü6,39 Kb.
#174571
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   96
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)

imitatsiya
qilish xosdir. Ko’pincha 
ular o’zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid 
qiladilar.O’smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari 
ham mumkin. O’smir katta odam, Shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi 
rollarda o’zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin 
ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo’lgan o’smirda juda ko’p noqulay va tashvishga 
tushuvchi holatlar bo’ladi va ular o’smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu krizis 
o’smirning ma’naviy o’sishi, Shuningdek psixikasidagi o’zgarishlar bilan ham 
bog’liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o’zgaradi, o’zining yaqinlari, do’stlari, 
tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o’zgarish uning 
ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko’pgina o’smirlarda o’zidan qoniqmaslik holati 
kuzatiladi. Shuningdek, o’zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir 
bo’layotgan o’zgarishlarga to’g’ri kelmayotganligi o’smirni asabiylashishiga olib 
keladi. Bu esa o’smirda o’zi haqida salbiy fikr va qo’rquvni yuzaga keltirishi mumkin. 
Ba’zi o’smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, shuningdek, ota-onasiga qarshi 
chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan 
asabiylashishlariga sabab bo’ladi va o’smirlik davri krizisi yuzaga keladi. Krizis 
boladagi mavjud tushkunlik, yolg’izlikka intilish, passivlik yoki aksi, o’jarlik, 
qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy munosabatlarning kechishida namoyon bo’ladi. 
Bunday paytlarda u o’zi singari katta fiziologik, psixologik o’zgarishlar kechayotgan 
o’rtog’i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Do’sti o’smirga ijobiy ta’sir 
qiladimi yoki uni yo’ldan urib, yomon ta’sir qiladimi - bu narsa uning axloqiy qiyofasi 
bilan bog’liq. 
Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli 
islohotlar va asosiy vositalarni jadal yangilash zarurati sharoitida lizing xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirish shakli sifatida 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/
 

№ 6
~ 87 ~ 
alohida ahamiyatga ega. Zamonaviy dunyoda oila yangi shakllarga ega va bilan 
taqqoslaganda sezilarli darajada o’zgartirilgan oldingi avlodlar davomida qabul 
qilingan oilaviy munosabatlarning an’anaviy shakllari 
O’smirlik davrida o’qish malakalari, yozma va monologik nutq jadal rivojlanadi. 
5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o’qish to’g’ri, tez va ifodali bo’lish darajasidan, 
yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish darajasigacha ko’tariladi. Monologik nutq esa 
asardagi kichik bir parchani qayta so’zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va 
chiqishlar tayyorlash, og’zaki mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab 
berishgacha o’zgaradi. Yozma nutq ham rivojlangan holda o’smirlar endi ularga 
berilgan erkin mavzu bo’yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. O’smirlarning nutqi 
to’la tafakkur bilan bog’liq holatida amalga oshiriladi. 5-6 sinflardagi o’quvchilar 
og’zaki va yozma matn uchun reja tuzib, unga amal qila oladilar. O’zi yozgan fikrni 
qayta-qayta o’qib, o’z nutqini analiz qilib ko’rishga majbur qiladi. O’quvchi yozib 
bayon qilayotganida, ko’pincha, bu ishini bir necha marta qayta ko’rib chiqishga, 
o’zgartirishga, to’ldirishga, qaytadan ishlab chiqishga majbur bo’ladi. Bolalarning 
yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o’stirishda muhim bosqich bo’ladi. 
O’quvchi yozma nutqni to’g’ri tushunishni o’rganib oladi, o’z fikrlarini yozma nutq 
holida bayon qilish va boshqalarga tushuntirishni o’rganadi. Kitob o’qish va ayniqsa 
o’zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib berish tilning grammatika 
tuzilishini egallashda katta ahamiyatga ega. Yozma bayon qilish vaqtida fikrni to’liq 
tushuntirib berish zarurligi o’quvchini o’zi yozayotganlarining mazmunigagina diqqat 
qaratmasdan, balki qanday qilib yozayotganligiga ham e’tibor berishga majbur etadi. 
O’smirlik davrida xotiraning barcha turlari o’zining sifat ko’rsatkichlari asosida jadal 
rivojlanadi. Bu davrda o’quvchilarga beriladigan o’quv materialining hajmi katta 
bo’lgani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yo’li bilan 
o’zlashtirish qiyin. O’smirlik yoshida bolalar o’qigan va o’rganganlarini so’zma-so’z 
yodlashdan voz kechib uning ma’nosiga ko’ra eslab qolishga harakat qiladilar. Ularda 
faol ravishda mantiqiy xotira rivojlanib boradi. Mexanik xotiraning rivoji esa 
birmuncha sustlashadi. Bu esa ba’zan salbiy xolatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. 
O’smirlik davriga kelib yangi fanlar, jumladan, o’quvchilar eslab qolishi zarur bo’lgan 
ma’lumotlar miqdori ko’payadi. Ammo mexanik xotiraning sustlashuvi ma’lumotlarni 
eslab qolishda muammolarni keltirib chiqaradi va o’smirlar tomonidan xotiralari 
zaiflashuvi haqidagi shikoyatlariga va o’z-o’zidan o’qishga bo’lgan qiziqishlarining 
pasayishiga sabab bo’lishi mumkin. 
Buning uchun o’quvchi o’quv materialining mazmunini tahlil qilishi, undagi 
mantiqiy tuzilishni bilishi muhim. 
O’smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo’la boshlaydi. 
Chunki bu davrdagi o’quvchilar atrof-olamdagi bog’lanishlar mazmunini yuqori 
darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o’smirning bilishga bo’lgan qiziqishida 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/
 

№ 6
~ 88 ~ 
keskin rivojlanish sodir bo’ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi o’smir 
tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. Buning ta’sirida isbot, dalillar bilan fikrlash 
qobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyati paydo bo’ladi. 
Maktabda o’qitiladigan fanlar o’smir uchun o’z taxminlarini yuzaga keltirish yoki 
tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qiladi. J.Piajening ta’kidlashicha, 
“Ijtimoiy 
hayot uch narsaning ta’siri - til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi»
. Bu 
borada o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o’z-o’zidan tafakkurning yangi 
imkoniyatlarini yaratadi. 
Xulosa qilib aytganda o’smirlik davri inson hayotidagi eng muhim pallasi 
hisoblanadi.Inson bu davrda yaxshi, o’ziga xos va atrofdagilarga foyda keltiradigan 
ishlarni qilishga o’zlarini safarbar etishlari kerak. O’smirlik davrida inson qancha o’qib 
o’rgansa, shuncha kamdir. Bu davrda ota-onalarning va ustozlarning bolaga beradigan 
tarbiyasi muhim ahamiyatga egadir! 

Yüklə 6,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin