“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 78 ~
ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifi insonning yoshi,
jinsi, saviyasiga ko’ra xilma - xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa verbal va
noverbal, kuzatuv va tanishuv, ko’rgazmali va grafik, uchrashuv kabi ko’rinishlarga
ega.
Kasbiy maslahat -
kasbga yo’llashning mohiyatini inson ongiga chuqurroq
singdirish uchun, shaxsning ishtiyoqi va qobiliyatlariga mos kasb - hunar (ixtisos)
tanlashi uchun muhim ob’ektiv va sub’ektiv shart - sharoit yaratish jarayonidir. Kasb
egallovchi (tanlovchi) ehtiyoji, o’qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas’uliyatidan kelib
chiqqan holda ilmiy - amaliy xususiyatli yo’llanmalar berish jarayonidir.
Maslahat o’zining maqsadga yo’nalganligi, izchilligi, ob’ektivligi, axborotlar
bilan to’yinganligi bilan boshqa asosiy qismlardan keskin ajralib turadi.
Kasbiy saralash -
muayyan kasbni muvaffaqiyatli ravishda egallab, o’z oldiga
qo’ygan fuqarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni
ajrata olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko’nikmalar,
malakalarga asoslangan holda tekshirish me’zonlariga suyanib, omilkorlik bilan
oqilona saralash o’tkaziladi.
Kasbiy moslashish -
yosh kasb egalarining va mutaxassislarning kasbiy
faoliyatga, uning shart sharoitlariga, talablariga muvaffaqiyatli ravishda moslashish
(bir necha bosqichlardan iborat) jarayoni tushuniladi. Kasb mohiyatiga kirishish,
bilimlar, ko’nikmalar, malakalar bilan tanishish, ularni egallash uchun oqilona usullar
tanlash, ulardan amaliyotda unumli foydalanish,
shart-sharoitlarga odatlanish,
mahorat qirralarini o’zlashtirish kabi muhim qismlar moslashish tarkiblarini tashkil
qiladi. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:
1)
Ta’lim - tarbiya tizimida kasbga yo’llash faoliyatining mazmuni va
metodikalari majmuasi mukammal ravishda mujassamlashganligi.
2)
O’quvchilarni kasb tanlashga o’rgatishda o’qituvchilar jamoasi faoliyati
hamkorligi va samaradorligi.
3)
Sinf rahbarining ota - onalar bilan hamkorligi ongli kasb tanlash negizi
ekanligi.
4)
Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki.
5)
Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb
tanlashning alohida ajratilib ko’rsatilishi.
6)
Maktablarda, ishlab chiqarish tashkilotlarida kasb tanlashni ommaviy va
keng ko’lamda yo’lga qo’yilishi.
7)
Maxsus muassasalar faoliyati.
8)
Kasbga oid ko’rgazmalar, sayohatlar uyushtirilishi. 9) Ijodkor, nufuzli,
mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazilishi.
10)
Kasb tanlashda mahalliy matbuot, radio va televideniening ishtiroki.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 79 ~
11)
Mutaxassis psixologlar tomonidan kasbiy bilimlarning o’quvchilarga
doimiy tarzda berilishi va ular bilan individual ishlash.
Maktabda olib borilayotgan kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik
tashxis ishlarining samarasi bevosita kasb-hunarga yo’naltiruvchi mutaxassis va
psixolog mutaxassisning olib borayotgan ishlari ko’lami, saviyasi va malaka
ko’rsatkichi hamda faoliyatining aniqligiga ko’p jihatdan bog’liqdir.
O’quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning
kasbhunarini o’z qobiliyatlariga yarasha to’g’ri tanlashlariga erishish uchun maktab
o’qituvchilarining
pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdek,
akademik, tashkilotchilik, pertseptiv va h.k.) qobiliyatlari yuksak bo’lishi, fan
asoslarini turmush bilan bog’lab o’rgatilishi, to’garak va qo’shimcha, yordamchi
kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb-hunar to’g’risida ma’ruzalar o’qilishi,
suhbatlar,
munozaralar
o’tkazilishi,
sayohatlar,
uchrashuvlar,
kasb-hunar
fotoko’rgazmalari tashkil qilishlari zarur bo’ladi.
Maktab kasb-hunarga yo’naltiruvchi mutaxassisi tomonidan o’quvchilarni kasbiy
qiziqishlarini rivojlantirish, kasblar haqidagi ma’lumotlarni to’liqroq anglab yetishi
shuningdek, ularning kasb tanlashdagi reallikni vujudga keltirish maqsadida maktabda
ilg’or kasb egalari, kasb faxriylari, kasb sulolalari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari,
kechalar va ma’ruzalar tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ushbu tadbirlar
o’quvchining shu kasbga bo’lgan qiziqishini yanada qat’iylashishini vujudga keltiradi.
Muammolarning bugungi kundagi ahamiyatini aniqlash maqsadida biz ham
o’quvchilar hamda talabalarda o’z tadqiqot ishlarimizni olib bordik. Yoshlarning
individualligini aniqlaydigan metodikalardan foydalandik. Natijalar asosida esa
quyidagi xulosalar qilindi:
-
Bugungi kunda o’quvchilarning aksariyati kasb tanlashda mustaqillikdan ko’ra,
ota-onaning tavsiyasini afzal bilishmoqda. Sababi o’zining qiziqish va
qobiliyatlarini
to’liq anglamagan, kelajak to’g’risidagi tasavvurlari yetarli emas;
-
Maktab davridagi tanlagan kasbi bilan, oliy ta’limdagi mutaxassislik
yo’nalishining bir-biriga nomutanosibligi yoshlarda
sohaga nisbatan sovuqqonlik
muhitini shakllanishiga olib kelmoqda;
-
talabalik davrida o’zi kutganidek imkoniyatning yetarli emasligi, o’z sohasining
kelajagini aniq his qilolmayotgani, o’zining qobiliyati va shaxsiy xususiyatlarini
namoyon qilmasligi, ularning hayotga nisbatan befarq bo’lishlariga sabab bo’lmoqda;
-
tanlagan kasbiy yo’nalishidan qanoatlanmagan yoshlarda, mustaqil oilaviy
hayotga nisbatan ham ikkilanishlar kuzatilishiga sabab bo’lmoqda.
XULOSA
Demakki, kasbiy faoliyatidan va shaxsiy hayotidan qanoatlangan insonnning
o’zini baxtiyor his qilishi g’oyasining mazmun-mohiyati yoshlar tomonidan to’liq
anglanilmaganligi aniqlandi. Umuman yoshlarni kasbga yo’llash jarayonida shaxsning
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 80 ~
individual - tipologik xususiyatlari va his - tuyg’ularini, layoqat, qobiliyatlarini
hisobga olish va psixologik savodxonligini oshirish, ularning kasbhunar, ixtisoslik,
mutaxassislik oldiga qo’yiladigan psixografik, professiogrammali talablarga
moslashishga imkon beradi.
Yoshlarni o’z vaqtida individualligi asosida to’g’ri kasb tanlashlari ta’minlansa,
ularda hayotning mazmuni anglanadi va sohaning bardavomligi asoslanadi.
Bu esa
hayotning sifatini oshirib, jamiyatimizning ertangi kuniga ishonch tuyg’usini
shakllantiradi. Yoshlarimizni kasbiy faoliyatidan va shaxsiy hayotidan qanoatlanib
yashashlari uchun bugundanoq har birimiz o’z salohiyatimizdan kelib chiqib to’g’ri
yo’naltirishimiz lozim, zero ular tanlagan yo’lining to’g’riligiga ishonch hosil
qilishsin va o’z hayotlaridan mamnun bo’lishsin. O’zining “Men” idan qanoatlangan
shaxsning har tomonlama imkoniyatlari kengayib, kasbiy kamolotda va shaxsiy
hayotda muvaffaqiyatlarga erishishi tabiiydir.
Dostları ilə paylaş: