“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 75 ~
tarkibi mineral moddalar va vitaminlarga boy mahsulot ekanligi adabiyotlarda keltirib
o’tilgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, suyak etishmovchiligida
kalsiyning
axamiyati beqiyosligi bizga ma’lum. Suyak kasalliklarida kalsiyning o’rnini qoplash
uchun qadimdan xalq tabobatida ham ko’plab tabiiy vositalardan,
yuqorida aytib
o’tilgan kunjut urug’lari ham kichik o’lchamlariga qaramay foydalanib kelingan,
ajoyib sog’liq uchun foydalarga egadir.
Misol uchun, kunjutdagi kalsiy miqdorinin
gko’pligi osteoporozning oldini olish uchun ajoyib vositadir. Bir osh qoshiq kunjut bir
stakan sutga qaraganda ko’proq kalsiy beradi. Bir osh qoshiq urug’da taxminan 88 mg
kalsiy mavjud, shunga ko’ra inson tanasi bunga muhtojdir.
CHunki kalsiy, qurilish
materiali,
suyaklar, sochlar, tishlar tuzilishini tiklash jarayonlarida ishtirok etadi.
SHunga ko’ra kuniga bir hovuch kunjut iste’mol qilinsa antioksidantlar,
minerallar,
vitaminlar va oqsillarni etarlicha ta’minlaydi. Demak sintetik dori vositalarini qabul
qilishdan tashqari tabiiy vositalardan foydalanish inson salomatligi uchun foydaliroq
ekanligi ko’plab tabobat manbalarida ham keltirib o’tilgan, jumladan kunjut urug’ining
foydali hususiyatlari haqida ham ustozimiz, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ixtirochi,
ratsionalizator, professor I.R. Asqarovning “Tabobat qomusi”, “Sirli tabobat” kabi
kitoblarida ham keltirib o’tilgan. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib kunjut urug’i ko’plab
oziq-ovqat qo’shilmalarining tarkibiga ham kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: