“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 74 ~
Ishdan maqsad:
100gramm kunjut urug’i tarkibidagi
kalsiy miqdorini
spektrofotometriya usuli orqali aniqlash.
Kerakli jixozlar: HACH DR 3900 spektrofotometri,
analitik tarozi, o’lchov
silindri, stakanlar, shisha tayoqcha, pipetka, aralashtirgich, quritish pechi, havoncha,
filtr qog’ozi, voronka;
Kerakli reaktivlar: kunjut urug’i-100gr., ishqor eritmasi-5%li, distillangan suv,
LCK 327 test kyuvetasi;
Ishning bajarish tartibi: Kunjut urug’i namunasidan analitik tarozi yordamida 100
gramm
tortib olib, uni hovoncha yordamida ezib maydaladik. Maydalangan kunjut
urug’lariga tayyorlab olingan 0, 5%li ishqor eritmasida eritib oldik.
Elektron
aralashtirgich yordamida tegishli harorat berib, 30-40 daqiqa
davomida aralashtirib
ekstraksiya qildik. Ushbu jarayon yakunlangach olingan ekstraktni filtrlab oldik.
Bunda cho’kib qolgan filtratni olib, tarkibidagi elementlarni eritmada o’tkazish uchun
5% li ishqor eritmasidan 1:10 nisbatda 30 daqiqa davomida ekstraksiya qilindi. Olingan
ekstrakt filtrlandi va yana 1:10 nisbatda ishqor eritmasi bilan suyultirildi. Har bir
element uchun miqdoriy aniqlash uchun maxsus shtrixlangan test kyuveta (LCK)dan
foydalandik va kalsiy uchun LCK 327 test kyuvetasidan foydalanildi. Test kyuvetaga
namunalar solindi va natijani olish uchun test kyuveta spektrofotometrga joylashtirdik.
Avtomatik aniqlash orqali natijalar spektrofotometr ekranida ko’rinadi.
Taxlillar
yakuniga ko’ra quyidagi natijalar olindi:
Dostları ilə paylaş: