“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 77 ~
1.
Mutaxassislarga qo’yiladigan kasbiy va shaxsiy talablarning o’sib
borayotganligi.
2.
Kasb tanlashga sabab bo’luvchi omillarning davriy xarakterga egaligi va
kasblar to’g’risidagi ijtimoiy ideallarning yagona me’yorining mavjud emasligi.
3.
O’spirin kasbiy tasavvurlarining ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarga va
bozor munosabatlariga hamohang o’zgarayotganligi hamda
kasb-hunar va tegishli
mutaxassislik yo’nalishlari o’rtasidagi tafovutning keskin ortayotganligi.
4.
Yoshlarning mutaxassislik yo’nalishlarini tanlashlarida aniq tasavvurga,
maqsadga, faoliyat yo’nalishiga va istiqbol rejalarini
belgilash qobiliyatiga ega
emasligi va boshqalar.
Kasb tanlashga yo’naltirish davlatning chora-tadbirlari tizimidan iborat bo’lib
shaxs tomonidan tanlanadi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
-
maktabda kasbiy ma’lumotlar berish;
-kasb- hunar maorifi bilan shug’ullanish:
-
radio, televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish;
-
kasb yuzasidan maslahatlar;
-
kasbga saralash (qobiliyatiga binoan); - kasbga moslashish (adaptatsiyalash).
Kasbning mazmunini va mohiyatini tushunmaslik o’quvchilarda
tanlagan
kasbiga munosabatining salbiylashishiga olib keladi. Bunday
holatning oldini olish
uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
-
O’quv materiallarini, umuman ta’limni hayot bilan bog’lash.
-
Ma’lumotlarni o’zlashtirishda shaxsiy faollikni shakllantirish.
-
O’tgan bosqichdagi faoliyatdan qoniqish va kelgusi faoliyat uchun ijobiy zamin
hozirlash.
-
Istiqbol rejani muvofiqlashtirish va yosh bosqichining
yuqorilashuviga qarab
buni takomillashtirib borish.
-
O’quv-uslubiy qiyinchilik bilan shaxsiy nomurosasizlik belgilari o’rtasidagi
uzviylikni yo’qotish.
-
Kasbiy faoliyat hayotning muhim qismi bo’lib, ishdagi muvaffaqiyatlar o’ziga
ishonishga yordam berishligini inobatga olish.
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy
individual (yakkahol) shaxs turadi. Shu boisdan
ham har bir kasb tanlovchi
shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur.
Buning uchun kasb
tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb
maorifini amalga oshirish
maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda
shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi,
layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: