PATRIARXAL SIYOSIY MADANIYAT — kishilarning mahalliy urf-odatlari,
qadriyatlari zaminida qaror topadi va aniq bir boshliq-dohiy shaxsi bilan bog‗liq bo‗ladi.
Jamoa a‘zolari tub ma‘nodagi siyosatdan chetda turadilar. Ularning siyosiy qarashlari
ijtimoiy, diniy tasavurlari bilan birgalikda namoyon bo‗ladi.
PATRIARXAL-PATERNALISTIK KONSEPSIYA —
Konfutsiy tomonidan
davlatning rivojlantirish konsepsiyasi. Uning ta‘kidlashicha davlat – katta oiladir.
Imperator hokimiyati go‗yo oila boshlig‗i – otaning hokimiyatidek adolatli va qo‗l
ostidigilariga mehr - shafqatga asoslangan. Hukmdor va fuqarolar munosabati oila
a‘zolarining munosabatini eslatadi: kichiklar kattalar qaramog‗ida va ularga itoat etadi.
PATRIMONIAL — lot. avloddan o‗tgan, urug‗ga tegishli.
PATSIFIZM (lot.
pacificus – tinchlantirish) — urushga qarshi harakat bo‗lib, bu
harakat qatnashchilari xarakteri va maqsadlaridan qat‘iy nazar, har qanday urushga qarshi
chiqadilar. P. tarafdorlari odamning qurbon bo‗lishiga olib keladigan har qanday qurolli
kurashni, shu jumladan adolatli ozodlik kurashlarini ham axloqiy qoralash pozitsiyasida
turadilar. Ishontirish, e‘tiqod yordamida urushlarning oldini olish mumkinligiga
ishonadilar.
PAUPERIZM (lot.
pauper – kambag‗al, mulksiz) — jamiyatda ishsizlik,
inflyasiya, kam daromad topish, mulkiy tengsizlik bilan bog‗liq bo‗lgan ommaviy
qashshoqlik. Aholining kambag‗allashuvi, yashash uchun eng zarur narsalardan
mahrumlik.
PAYCHI (ingl.
pay - mayda tanga) — biror tashkilot, shirkat, kooperativ ulushiga
ega bo‗lgan a‘zo.
PEDANTIZM (fr. puxtalik, ishdagi sinchkovlik) — o‗rnatilgan tartib, qoida va
instruksiyalarga rioya qilishni qattiq talab qilish, ikir-chikirlarga e‘tibor berish.
PENSIYALAR (lot.
pensio – to‗lov) — fuqarolarga davlat yoki boshqa sub‘ektlar
tomonidan qonunda belgilangan hollarda muntazam va, odatda, umrbod to‗lanadigan
to‗lovlar. Ijtimoiy ta‘minot shakli hisoblanadi.