217
siyosiy tizimning ijtimoiy elementlari va fuqarolar o‗zaro munosabatlari ifodasi. P.t.i
ma‘lum bir jamiyat yoki davlatlar tomonidan qabul qilinmagan. Mas., Butan, Ummon,
Quvayt, Saudiya Arabistoni kabilar. Shu bilan birga bir partiyali yoki ko‗p partiyali
tizimlar ham mavjud. Bir partiyaviy tizim (yagona va hukmron partiya boshqa partiyalar
mavjudligiga yo‗l qo‗ymaydi yoki ularni qattiq nazorat etadi); ikki partiyaviy tizim
(mukammal ikki partiyaviy tizim - umummilliy saylovlarda yetakchi ikki partiya
raqobatlashuvi va birining g‗olib chiqishi, boshqa partiyalarga imkon qoldirmasligi bilan
xarakterlanadi; ikki yarim partiyaviy tizim – ―uchinchi‖ partiya saylovchilarning 25%
gacha ovozini olishga yo‗l qo‗yadi); ko‗p partiyaviy tizim (mukammal ko‗ppartiyaviy
tizim - bir partiyaning uzoq muddatli saylovlarda g‗olib chiqib yakka tartibda yoki
koalitsiyada hukumat tuzishi, muholif partiyalar mavjudligi; koalitsion ko‗p partiyaviy
tizim - muholif partiyalarning hech biri yakka tartibda saylovda g‗olib chiqishining
imkoniyati bo‗lmaganligi sababli kichik partiyalarning koalitsiyalarga birlashishi).
PARTIYAVIYLIK
— siyosiy partiyaga manfublik. P. kishilarning xulq-atvori,
tashkilotlar faoliyati prinsipi, siyosiy va g‗oyaviy kurash vositasidir.
Dostları ilə paylaş: