PARLAMENT PALATASI — parlamentning tarkibiy bo‗linmasi. Palatalar
(odatda ular ikkita bo‗ladi) o‗rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik va deputatlar
(a‘zolar) sonining tengligi prinsipi asosida yoki yuqori va quyi palatalar prinsipi asosida
quriladi. Yuqori va quyi palatalar prinsipi qabul etilganida, qonun loyihasini birinchi
bo‗lib ko‗rib chiqadigan palata Quyi palata deb, ikkinchi bo‗lib ko‗rib chiqadigan palata
Yuqori palata deb ataladi. Palatalar bir - biriga bo‗ysinmaydi. Yuqori palata qonun
loyihasini rad qilishi mumkin, ammo quyi palata o‗z a‘zolari ovozlarining malakali
ko‗pchiligi 2/3 qismi bilan uni uzul - kesil qabul qilishga haqli. Palatalar teng bo‗lgan
taqdirda ular parlament vakolatini birgalikda amalga oshiradi. Yuqori va quyi palatalar
prinsipi sharoitida ularning har biri qonunchilik jarayonida o‗z o‗rnini olishdan tashqari
davlat hayotining u yoki bu masalalarini hal etishda boshqa mustaqil huquqlarga ham ega
bo‗ladi. Odatda, yuqori va quyi palatalar a‘zolarining soni ham turlicha bo‗ladi.
Birmuncha keng xalq vakilligi asosida shakllanadigan quyi palata a‘zolarining soni
ko‗proq bo‗ladi. Odatda, son jihatdan kamroq bo‗lgan yuqori palata ko‗pincha davlatning
qismlari, bo‗laklari (federatsiya sub‘ektlari ) vakillaridan tashkil topadi, bu vakillar yo
aholi tomonidan saylanadi yoki mintaqalarning vakolatli yoxud ijrochi organlari
tomonidan ta‘minlanadi, yo bo‗lmasa mintaqadagi vakolatli va ijrochi organlarining
rahbarlari lavozimini egallab turganligi tufayli yuqori palata a‘zosi bo‗ladi.
PARLAMENT SESSIYASI (lot.
sessio – yig‗ilish) — parlament (parlament
palatalari) va parlament komissiyalarining yalpi majlisi bo‗lib o‗tadigan davr. Har bir yil
mobaynida navbatdagi Parlament sessiyasining necha marta bo‗lishi qonun yoki odat
bo‗yicha belgilanadi. Ko‗rsatilgan sondan ortiqcha hamda noodatiy vaqtda chaqiriladigan
Parlament sessiyalari favqulodda (navbatdan tashqari, ekstraordinar) sessiyalar deb
ataladi. O‗zbekiston Respublikasida Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida
o‗tkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi
214
yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o‗tkaziladi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati majlislari zaruratga qarab, yiliga kamida uch marta o‗tkaziladi.