213
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan
amalga oshiriladi. 2016-yil 11-apreldagi ―Parlament nazorati to‘g‘risida‖gi O‗zbekiston
Respublikasi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Bu nazorat quyidagi shakllarda
amalgam oshiriladi: davlat budjetini qabul qilish, uning ijrosining borishini ko‘rib
chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma‘ruzasini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining
ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish; Qonunchilik palatasi, Senat
majlislarida hukumat a‘zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini
eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish; O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining hisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish; parlament so‗rovi; Qonunchilik
palatasi, Senat a‘zosining so‘rovi; Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari tomonidan
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining axborotini eshitish; qonun
hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini Qonunchilik palatasining,
Senatning qo‘mitalari tomonidan o‘rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi
yuzasidan ular tomonidan monitoringini amalga oshirish; parlament tekshiruvi orqali
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: