212
o‗zga partiya va boshqa tashkilotlarga qaraganda, alohida olganda, ko‗proq mandatga ega
bo‗lsa, nisbiy bo‗lishi mumkin.
PARLAMENT KOALITSIYASI
— odatda, parlamentda boshqa partiya,
harakatlarga qaraganda ko‗proq deputatlik o‗rnini olgan (ammo barcha deputatlar sonini
yarmidan ko‗pi bo‗lmagan qismini olgan, shu sababli bir partiyasi hukumat tuza
olmaydigan) partiyaning koalitsion hukumat tuzish va parlamentning qo‗llab-
quvvatlashni ta‘minlash maqsadida boshqa biron-bir partiya, harakat bilan birlashuvi.
PARLAMENT KOMISSIYALARI
— parlament tashkil qiladigan (palatalarning
har birida yoki ikkala palata birgalikda – birlashgan parlament komissiyalari) yordamchi
organlar. Qonunchilik Parlament komissiyalari muhim rolni o‗ynaydi, chunki parlament
qabul qiladigan qonunlar loyihalari qaror va boshqa hujjatlar loyihalarining katta qismi
ko‗rib chiqish uchun shu komissiyalarga beriladi. Parlament komissiyalari vakolat
muddati, ixtiyordagi mavzu va huquq hajmiga ko‗ra doimiy (parlament vakolatining
butun muddatiga tashkil etiladi), muvaqqat, ixtisoslashganlarga bo‗linadi. Ko‗pchilik
davlatlar (AQSH, Fransiya, Italiya, GFR, Finlyandiya va boshqalar)da parlamentlar
doimiy qonunchilik komissiyalarini tashkil qiladi, bunda qoidaga ko‗ra, bu Parlament
komissiyalari ixtisoslashadi (iqtisodiy, moliyaviy, qishloq xo‗jaligi, harbiy va boshqalar).
Muvaqqat komissiyalar (ko‗pincha ixtisoslashmagan) birorta aniq mas.,i ko‗rib chiqish
uchun tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: