Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   462
LUG\'AT

PARLAMENT SO„ROVI
— parlamentar davlatlarda hukumat faoliyati ustidan 
parlament nazoratining shakllaridan biri. Parlament savollarini deputatlar og‗zaki va 
yozma berishlari mumkin. Parlament reglamenti Parlament savollari berilishi mumkin 
bo‗lgan qoidalarni, ularni kiritish tartibini, shuningdek, hukumat yoki alohida vazir 
javobni taqdim etishi lozim bo‗lgan muddatni belgilaydi. Umumiy qoidaga ko‗ra, 
Parlament savoliga javob Parlament savoli qanday shaklda (og‗zaki yoki yozma) berilgan 
bo‗lsa, shunday shaklda qaytariladi. Parlament savollari va hukumatning ularga javoblari 
(interpellyasiyadan farq qilib) hukumatga ishonchsizlik bildirish masalasini qo‗yish 
uchun mustaqil sabab bo‗lolmaydi. 2016-yil 11-apreldagi ―Parlament nazorati 
to‘g‘risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunning 14-moddasiga muvofiq, Qonunchilik 
palatasi, Senat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga 
qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning 
vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish 
berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovini yuborishga haqli. 
P.s.ni yuborish to‘g‘risidagi taklif Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qo‘mitalar, 
fraksiyalar, deputatlar guruhlari tomonidan, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari 
umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan, Senat ko‘rib chiqishi uchun esa, 
qo‘mitalar tomonidan, shuningdek Senat a‘zolari umumiy sonining kamida beshdan bir 
qismi tomonidan kiritiladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor 
shaxslari parlament so‘roviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, 
so‘rov olingan kundan e‘tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim. 
PARLAMENT
TEKSHIRUVI
— davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, 
hukumat va uning ayrim a‘zolari faoliyati ustidan parlamentning nazorat vakolatini 
amalga oshirish. 2016-yil 11-apreldagi ―Parlament nazorati to‘g‘risida‖gi O‗zbekiston 
Respublikasi Qonunning 18-moddasiga muvofiq, jamiyat va davlatning eng muhim 
manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror 
rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muayyan faktlarni yoki voqealarni 
o‘rganish maqsadida Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan p.t.lari o‘tkazilishi 
mumkin.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin