Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   462
LUG\'AT

PARADIGMA 
(gr. na‘muna) — ilmiy tafakkur uslubi. Ayni vaqtda tan olingan va 
muayyan ilmiy tadqiqot (bilim)ni belgilovchi omillar birligi. Pozitivist G.Berman 
tomonidan kiritilgan va amerikalik fizik T.Kun tomonidan tabiiy fanlar uchun keng
asoslangan tushuncha. Ilmda muayyan davrda qabul qilingan e‘tiqodlar, qadriyatlar, 
texnik vositalar birligini anglatadi va ilmiy an‘analar saqlanishini ta‘minlandi. 
Paradigma nazariyadan kengroq tushuncha, uning almashinuvi fandagi inqilobni 
anglatadi. Siyosatni tushuntirishdagi asosiy paradigmalar: 1) Teologik – siyosat va 
hokimiyatni ilohiy talqini. 2) Tabiiy – a) siyosat tashqi tabiiy muhit ta‘siri orqali 
ta‘riflanadi - geografik paradigma; b) siyosat jonli tabiat xususiyatlari orqali ta‘riflanadi - 
biologik paradigma. v) siyosat inson xususiyatlaridan keltirib chiqariladi - psixologik
paradigma. 3) Ijtimoiy – siyosat ijtimoiy hayotning boshqa sohalari orqali talqin qilinadi. 
4) Oqilona-tanqidiy – siyosat uning omillari, mas., konflikt - konsensus orqali 
ta‘riflanadi.
PARADOKS
(yun. 
paradoxos
– kutilmagan, g‗alati) — ko‗pchilik tomonidan qabul 
etilgan an‘anaviy fikr, tajribaga o‗z mazmuni yoki shakli bilan keskin zid bo‗lgan, 
kutilmagan mulohaza, muhokama. Har qanday P. «shubhasiz to‗g‗ri» (asoslimi, 
asossizmi, bundan qat‘i nazar) hisoblangan u yoki bu fikrni inkor etishdek ko‗rinadi. 
Odatdagi tasavvurlarga mos kelmaydigan kutilmagan hodisa. 
PARAFIRLASH
(fr. 
paraphe
– qisqartirilgan imzo) — sharnomaning matnini 
kelishib olish maqsadida sharnomani yoki uning ayrim moddalarini ahdlashuvchi 
tomonlar muxtor vakillarining ismi va otasining ismi bosh harflarini qo‗yib oldindan 
imzolash. Shartnomani davlat arboblari imzolagandan va davlatning oliy qonun 
chiqaruvchi organi tomonidan ratifikatsiya qilingandan keyin u yuridik kuchga ega 
bo‗ladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin