24
tahdid etishning har qanday shaklini qo‗llashini yoki kuch ishlatishini, siyosiy, iqtisodiy
yoki boshqa sohalarda qudratini ishga solib, undagi tuzumni ag‗darib tashlashga
qaratilgan terrorchilik, qo‗poruvchilik va b.ga to‗g‗ridan-to‗g‗ri yoki bilvosita
ko‗maklashishini rad etadi. A.s. Buyuk fransuz inqilobi davrida birinchi bor e‘lon
qilingan, unga binoan barcha davlatlar teng huquqli bo‗lishi, mustaqil ish yuritishi,
boshqa davlatlarning o‗z ishlariga aralashuviga yo‗l qo‗ymasligi shart. Keyinchalik
mazkur qoida BMT Ustavida, yana qator boshqa muhim xalqaro hujjatlarda e‘tirof
qilindi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‗yicha kengash (Xelsinki, 1975-
yil) Yakunlovchi hujjatida mukammal ifodalandi. O‗zbekiston mustaqillikka erishgach,
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik siyosatini izchil amalga oshirmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida respublika tashqi siyosati
davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik,
chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‗l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki
ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan boshqa
qoidalari va normalariga asoslanishi belgilab qo‗yilgan.
ARAMKO
(ing.
Arabian American Oil Company (ARAMCO)
— Saudiya
Arabistonidagi neft konlarini o‗zlashtirish uchun 1933-yilda AQSH dagi eng yirik neft
kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan. 1973-yildan boshlab Saudiya Arabistoni
hukumati uning aksiyalarini sotib ola boshladi va 1980-yilga kelib ARAMKOning tanho
egasiga aylandi. Uning korxonalarini boshqarish va neft konlaridan foydalanish bo‗yicha
mamlakat hukumati bilan maxsus bitimlar tuzgan AQSHning «Ekson», «Shevron»,
«Teksako», «Mobil» neft kompaniyalari qazib olingan neftning bir qismini oladi. Har-
yili 200 mln.t neft qazib oladi va 23 mln.t neftni qayta ishlaydi (80-yillar oxiri).
ARBITR
(hakam) — nizoni (ixtilofni) muhokama qilishda vositachi bo‗ladigan
shaxs. Huquqiy munosabatlarda nizo (ko‗pincha fuqaroviy-huquqiy nizo) ishtirokchilari
ishning mohiyati bo‗yicha qaror qabul qilishni ishonib topshiradigan vositachilar, odatda,
arbitrlar deb hisoblanadi. Ko‗pincha ushbu atama holislar sudining sudyasi atamasining
sinonimi tariqasida qo‗llaniladi. Davlat arbitraji va idoraviy arbitrajlar bekor qilingunga
qadar ijro etuvchi hokimiyatning ana shu organlarida ishlaydigan hamda korxonalar,
tashkilotlar va muassasalarning xo‗jalik faoliyati jarayonida yuzaga keladigan nizolar
yuzasidan qarorlar qabul qiladigan mansabdor shaxslar A. lar deb atalgan.
Dostları ilə paylaş: