ARKONI DAVLAT (arab) — davlat ustunlari; amirlar, vazirlar, ruhoniylar va h.k.
ARTIKULYATSIYA (lot.
articulation – bo‗g‗in-bo‗g‗in, alohida-alohidaga
bo‗linish) — (manfaatlar) siyosiy tizim funksiyasi. Nodavlat va jamoat tashkilotlari
individlar va ijtimoiy guruhlarning tarqoq qarashlari, ijtimoiy ruhiy kechinmalari va
umidlarini aniq va ma‘lum siyosiy maqsadlar va talablarga aylantirish jarayonidir. U
qaror qabul qiluvchi tashkilotlarga talablarni bayon etish vazifasini bajaradi. Demokratik
siyosiy tizimlarda bu vazifani – manfaat guruhlari, siyosiy partiyalar, parlament; avtoritar
siyosiy tizimlarda – korporativ institutlar bajaradi. G.Almond va A.Pauell fikricha faqat
ochiq ko‗rinib turgan manfaatlargina emas., latent (yashirin) manfaatlar ham
artikulyatsiya qilinishi mumkin. Artikulyatsiya qarorlar qabul qiluvchi subyektlarga
aholining talablari, ehtiyojlari, kutishlarini yetkazish vazifasini bajaradi. Shu orqali aholi
siyosiy jarayonga jalb etiladi, siyosat subyektiga aylanadi. Artikulyatsiya vositasida
guruhiy munosabatlar quyidan yuqoriga qarab quriluvchi siyosiy munosabatlar tizimini
tashkil etadi. Deyarli barcha ijtimoiy guruhlar manfaatlarini Artikulyatsiya qila oladilar.
Odatda artikulyatsiya subyektlari sifatida quyidagilar ko‗rsatiladi: aholi (makroijtimoiy
guruh); fuqarolar uyushmasi (aholining alohida qismi); malakali guruh (vositachi
tuzilma); yetakchi. Guruhlar ilgari surayotgan talablar ichidan muammoning asl sababini
aniqlash juda muhim. Artikulyatsiya hokimiyatga qo‗yilayotgan talablarni saralashni va
ularni muhimligi va ahamiyati jihatidan pog‗onalashtirishni talab etadi. Siyosiy
manfaatlar turli shakllarda: iltimos, savol, talab, shiorlar, partiyalarning dasturiy
maqsadlari tarzida, shun., mavhum, noaniq bayonotlar tarzida ham ifodalanishi mumkin.
ARXETIP (yun. ibtido) — jamoa botiniy ongida yashirin madaniy streotiplar. U
bevosita tarzda hulq-atvorimizga, tanlovimizga ta‘sir ko‗rsatadi.
ASEAN (Janubiy – sharqiy Osiyo millatlari Assotsiatsiyasi) — 1967-yilda tashkil
topgan. Uning tarkibiga Bruney, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand va Filippin
davlatlari kiradi.