28
tuproq unumdorligini oshirish; qishloq xo‗jaligi va chorvachilikda hasharotlar va
kasalliklarga qarshi kurashda yordam berish va b. O‗zbekiston Respublikasi 1994-yil 21-
yanvarda AEXAga a‘zo bo‗lib, xalqaro standartlarni tan olish, atom energiyasidan xalq
xo‗jaligida foydalanish, radioaktiv moddalar bilan xavf-xatarsiz ishlashda xalqaro
standartlar, qonunqoidalarga rioya qilishni o‗z zimmasiga olgan. Agentlik oliy organi –
Bosh konferensiya a‘zo davlatlarning vakillaridan tashkil topgan va har navbatdagi
sessiyaga yig‗iladi. Nizom bo‗yicha navbatdan tashqari sessiyalar o‗tkazish ham ko‗zda
tutilgan. AEXA Boshqaruvchilar kengashi agentlik ishlab chiqqan dastur, atom
energiyasi sohasida umumiy siyosat va b.ruv ishlarini amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: