REGENT — vaqtincha hukmdor.
REGION (lot.
regio - o‗lka) — yirik hududiy birlik (mas., tabiiy, iqtisodiy, siyosiy
R.); odatda, R.ga nisbatan kattaroq bo‗ladi.
REGLAMENT (fr.
reglement - tartib, qoida) — 1) davlat organlari, muassasalari,
tashkilotlarining ish tartibini belgilaydigan qoidalar majmui (mas., Oliy Majlis R.i); 2)
majlis, konferensiya va boshqalarni olib borish tartibi; 3) xalqaro kongresslar va
konferensiyalar ayrim hujjatlarining nomi (mas., 1815-yilgi Vena R.i).
REGRESS (lot.
regressus - orqaga ketish) – rivojlanishning yuqori darajadan quyi
darajaga o‗tish davri, tanazzuli. Progressning zid tushunchasi.
REGULYATIV (tartibga solish, boshqarish) — davlat ichki hayotini boshqarishga
qaratilgan faoliyatning asosiy yo‗nalishlaridan biri. Bu davlatning ichki funksiyasi bo‗lib,
mamlakatda ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vazifasini
ifodalaydi.
REIMPORT (
re ... va ing.
import - kiritmoq, olib kelmoq) — chet elga
chiqariladigan, ammo u yerda qayta ishlov berilmagan va iste‘mol qilinmagan tovarlarni
qayta mamlakatning o‗ziga qaytarib olib kelish. Chet el kimoshdi savdosida sotilmagan,
konsignatsiya omborlarida saqlangan, ko‗rgazma va yarmarkalarda sotilmagan, nuqsoni
topilgan yoki talab bo‗lmagani uchun qaytarilgan tovarlar R.ga kiradi.
REINVESTITSIYA (
re ... va lot.
investition ) — investisiyalar bo‗yicha daromadlar
ko‗rinishida olingan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yo‗naltirilgan mablag‗lar.
Moliyaviy (qimmatli qog‗ozlarga qo‗yiladigan) va real (asosiy va aylanma kapitalga
qo‗yiladigan) R.ga bo‗linadi.
REKET — qo‗rqitish va kuch ishlatish yo‗li bilan qilinadigan zo‗ravonlik.
REKRUT (nem
. rekrut – yanggi olingan askar, yollamoq) — xorijiy armiya
tomonidan o‗z tarkibini to‗ldirish uchun yollash yoki majburiyat asosida askarlikka olish;
siyosiy jarayonda siyosat sub‘ektlarini o‗z saflarini o‗zi uchun zarur bo‗lgan odamlar
hisobiga to‗ldirishi.
REKVIZITSIYA (lot.
reguisitio - talab qilib olish, olib qo‗yish) — mulkni haq
to‗lab majburiy ravishda davlat egaligiga to‗la yoki vaqtincha foydalanish uchun olish.