Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə317/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   462
LUG\'AT

RANGLI INQILOB
— demokratik tartibotni qaror toptirishni maqsad qilgan 
ayrim gegemon davlatlarning ―demokratiya taqchilligi‖ kuzatilgan davlatlarda inqiloblar 
uyushtirish texnologiyalarini ifodalovchi amaliyot shakli. Taraqqiyotning hozirgi 


241 
bosqichida demokratiyani va turli ―ochiq jamiyat modellari‖ni eksport qilib 
bo‗lmaganidek, davlat qurilishining universal loyihasini ham tashqaridan import qilish 
yoki tiqishtirish mumkin emasligi tobora o‗z tasdig‗ini topmoqda. Dunyo sahnasida ―R.i‖ 
degan umumiy nomad bir-birini takrorlovchi spektakllar qo‗yilgani o‗z taqdiriga beparvo 
bo‗lmagan kishini muayyan xulosalar chiqarishga undaydi. Ro‗y bergan turli 
taloto‗plarni Ukrainada ―zarg‗aldoq inqilobi‖, Gruziyada ―atigullar inqilobi‖, 
Qirg‗izistonda ―lolalar inqilobi‖ va h.k. deya jar solindi. Aslida, turli mamlakatlarda kuch 
ishlatmasdan hokimiyatni ag‗darish texnologiyalari XX asrning 80-yilllarida ishlab 
chiqildi va Sharqiy Yevropaning bir necha mamlakatlarida sinovdan o‗tkazildi. Tinch 
yo‗l bilan amalga oshirilishiga ishora qilinib, bu jarayonlar, baxmal inqiloblar deya 
baholandi. XXI asrda bu texnologiyalar yanada takomillashtirilgan holda MDH 
davlatlarining ayrimlarida qo‗llanib, ―R.i.‖lar maqomini oldi va ―demokratiya eksporti‖ 
strategiyasining taktik bosqichlariga aylantirildi. R.i.lar demokratiyaga emas, balki 
demokratiya niqobi ostida milliy qiyofani buzish, milliy iftixor va o‗zlikni anglashdan 
mahrum etish, hayvoniy hirs-ehtiroslarni kuchaytirib, ruhiy-ma‘naviy fazilatlarni, ya‘ni 
odamiylikni yo‗q qilishga qaratiladi. Bunda nafaqat alohida kishilar shikastlanadi, balki 
butun millatlar yemiriladi va odamlarimiz shunday g‗oyani olib kelib singdirganlar uchun 
tayyor qurolga, ―taraqqiy etgan‖ qulga aylanadi. 
RAQOBAT (siyosiy raqobat)
— biror maqsadga erishishdan manfaatdor shaxslar, 
guruhlar, partiyalar o‗rtasidagi siyosatning qandaydir sohasi bo‗yicha musobaqa, 
bellashuv, to‗qnashuv. 
RATIFIKATSIYA
(lot. 
ratus
- hal qilingan, tasdiqlangan va 
facere
- qilmoq) — 1) 
xalqaro shartnomaning davlat hokimiyati oliy organi tomonidan tasdiqlanishi. Odatda, 
eng muhim xalqaro shartnomalargina R. qilinadi. 
Ko‗pchilik davlatlarning 
konstitutsiyalari xalqaro shartnomalarni R. qilish huquqini davlat boshlig‗i vakolatiga 
yoxud bevosita oliy qonun chiqaruvchi organ vakolatiga kiritadi; O‗zbekistonda xalqaro 
shartnomalarni R. qilish to‗g‗risida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati birgalikda 
qaror qabul qiladi; 2) ba‘zi mamlakatlarda konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar 
tasdiqlanishining maxsus tartibi. Mas., AQSh kongressi konstitutsiyani qabul qilgandan 
keyin unga qilinadigan tuzatishlar kamida 3/4 shtatlardagi qonun chiqaruvchi majlislar 
yoki maxsus konventlar tomonidan tasdiqlanishi kerak. Avstraliyada konstitutsiyadagi 
o‗zgartishlar loyihasi parlamentda ma‘qullangandan keyin u mamlakatda va aksariyat 
shtatlarda saylovchilarning ko‗pchilik ovozi bilan referendumda tasdiqlanishi talab 
qilinadi. 
RATSIONAL
(fr
. rationalis –
oqilona) — maqsadga muvofiq, asoslangan, 
dalillangan (eng to‗g‗ri yo‗l ma‘nosida ham ishlatiladi). 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin