Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə325/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   462
LUG\'AT

RESPUBLIKA (PARLAMENTAR)
— bunda parlament to‗liq hokimiyatga ega 
bo‗lib, uning oldida hukumat siyosiy javobgar hisoblanadi. Parlament prezidentni 


247 
saylaydi. Bunda prezident faqat davlat boshlig‗i bo‗lib, ijro etuvchi hokimiyat boshlig‗i 
hisoblanmaydi. (Italiya, GFR, Vengriya va boshqalar) 
RESPUBLIKA (PREZIDENTLIK)
— bunda prezident umumxalq saylovida 
saylanib, bir vaqtning o‗zida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‗i hisoblanadi. 
(AQSh, Meksika, O‗zbekiston va boshqalar) 
RESPUBLIKACHILAR PARTIYASI 
— AQSHdagi ikki asosiy partiyadan 
(Demokratlar partiyasi bilan bir qatorda) biri. 1854-yil shimoli-sharqiy shtatlarning 
sanoat-tijorat namoyandalari va janubning quldorchilik oligarxiyasi siyosiy hokimiyatini 
tugatish uchun kurashayotgan jamiyatning boshqa ijtimoiy qatlamlari ittifoqi asosida 
tashkil etilgan. 
RESTAVRATSIYA
(lot
. restauratio – 
biron-bir narsani dastlabki ko‗rinishini 
tiklash) — siyosiy fanlarda inqilob yoki boshqa yo‗l bilan ag‗darilgan eski tuzum yoki 
dinastiyani tiklash. 
RESTITUTSIYA
(lot. 
restitution 
- tiklash) — urushayotgan davlat tomonidan 
dushman hududidan noqonuniy ravishda tortib olingan, bosib olingan yoki olib chiqib 
ketilgan mulkni qaytarib berish. R. tartibi tinchlik ahdi yoki xalqaro huquq normalari 
asosida tartibga solinadi. 
RESURS
— hokimiyatning asosini resurslar tashkil etadi. Resurslar kishilarni 
rag‗batlantirish, jazolash yoki ishontirishda qo‗llanilishi mumkin. Hokimiyat resurslari 
xilma-xil. Ilmiy adabiyotlarda bir necha turlarga bo‗linadi: utilitar, majburlovchi va 
me‘yoriy resurslar. Hokimiyatning resurslarini inson va jamiyat faoliyatining muhim 
sohalari: siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-axborot, kuch ishlatuvchi 
sohalarga binoan turkumlashtirish ham keng tarqalgan. 
RESURSLAR 
(fr. 
ressonrse
- yordamchi vosita) — zarur bo‗lib qolgan taqdirda 
foydalanish mumkin bo‗lgan vositalar, imkoniyatlar, daromadlar manbai. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin