246
yakka tartibda o‗z vatanlariga qaytishdan farqli ravishda, R. shaxslarni ommaviy ravishda
o‗z vatanlariga qaytishini bildiradi.
REPRESSIYA
(lot.
repression
- bosim, tazyiq) — davlat organlari qo‗llaydigan
jazo chorasi, qatag‗on qilish. Asosan, mustabid, totalitar, mustamlakachi davlat
tomonidan xalqqa nisbatan qo‗llaniladigan jazolash, qatli om, qatli nufus, ommaviy
tarzda zulm o‗tkazish tushunchalarini ifodalaydi. Ommaviy jazolash, qiynoqqa solish
choralari mustabid davlatlarning xalqni asoratda ushlash, qo‗rqitish, bosim o‗tkazish
qurolidir.
Dostları ilə paylaş: