RADIKALIZM (lot
. radicalis – tub, ildiz) — XIX asrda tub islohotlar va
o‗zgarishlarni talab qilib chiqqan siyosiy oqim. U siyosiy tuzum va ijtimoiy institutlarni
tubdan o‗zgartirishga qaratilgan g‗oya va harakatlarni ifodalaydi. R. umume‘tirof etilgan
an‘analarga butunlay zid munosabatda bo‗lib, keskin harakatlarni yoqlab chiqadi.
Radikal oqimlarning ko‗pchiligida siyosiy radikalizm diniy niqob ostida namoyon bo‗ldi.
Ular islom davlatini qurish, xalifalikni qayta tiklash shiorlari bilan chiqib, jamiyatning
siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma‘naviy-ma‘rifiy rivojini to‗xtatishga, bu jarayonni ortga-
o‗rta asrlarga qaytarishga intilayotgani o‗ta xatarlidir. Diniy aqidaparastlik ham
radikalizmning bir ko‗rinishi hisoblanadi. Diniy radikalizmnin mazmun-mohiyati
radikalizmning boshqa ko‗rinishlari kabi o‗ziga mos kelmaydigan boshqa har qanday
oqim va qarashlarga nisbatan murosasizlikda, jamiyat taraqqiyotiga zid, g‗ayriinsoniy
g‗oya va qarashlarni ilgari surishda namoyon bo‗ladi.
RAHBARLIK — hokimiyatni amalga oshirish mexanizmlaridan biri. Jamiyat
uchun muhim qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish, uning maqsadlari, vazifalari,
istiqbollarini aniqlash bilan bog‗liq faoliyat.
RAIS (arab. rahbar, sardor) — muayyan saylov organlari va tashkilotlar rahbari
(mas., O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi, O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi raisi va hokazo); 3)
anjuman, majlis yoki yig‗inga rahbarlik qiluvchi shaxs.
RAIYAT (arab.) — 1) biror o‗lka yoki mamlakat aholisi; 2) o‗rta asrlarda Yaqin va
O‗rta Sharq mamlakatlarida dastlab barcha soliq to‗lovchi qishloq va shahar aholisi.
Usmonli turk imperiyasida XVIII asr oxiridan boshlab ―R.‖ (raiya) atamasi faqat
musulmon bo‗lmagan aholiga nisbatan ishlatilgan. Indoneziyada ―R.‖ xalq ma‘nosida
qo‗llaniladi.