Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə314/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   462
LUG\'AT

QULDORLIK JAMIYATI 
— insoniyat tarixida ibtidoiy jamiyat
 
o‗rniga kelgan 
tuzim. Q.j.da - quldorlar va qullar bilan ayni paytda erkin dehqonlar, hunarmandlar va b. 
ijtimoiy guruhlar ham mavjud bo‗lgan. Eng qadimgi quldorlik davlatlari (Misr, Shumer) 
mil. av. IV ming yillik oxiri — mil. av. III ming yillik boshida vujudga kelgan. Q.j. 
Yunoniston (mil. av. V-IV asrlarda) va Qadimgi Rimda (mil. av. II asr - mil. II asr) 
yuksak darajada rivojlangan. Davr o‗tishi bilan bu jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlar 
rivojlanishiga to‗siq bo‗la boshlagan. Qullar qo‗zg‗olonlari quldorlikning yemirilishini 
tezlashtirgan. 
QULLIK 
— ekspluatatsiyaning tarixan dastlabki va eng qo‗pol shakli, unda qul 
ishlab chiqarish qurollari qatorida, o‗z xo‗jayini - quldorning mulki hisoblangan. 
Quldorlik tuzumiga asos bo‗lgan. Q.ning manbai: urush yoki qaroqchilik paytida asir 
olingan begona qabila a‘zolari, jinoyat qilgan yoki qarzlarini to‗lay olmagan 
qabiladoshlar, shuningdek, qullarning tabiiy ko‗payishi, qullar savdosi va b. Quldorlar 
jabr-zulmi qullarning yirik qo‗zg‗olonlariga sabab bo‗lgan. Plantatsiyalarda og‗ir mehnat 
qiluvchi qullarga ish hayvoni sifatida qaralgan. Qullar qarshiligining kuchayishi va Q.ka 
qarshi keng jamoatchilik harakatining avj olishi natijasida Q. bekor qilina boshlagan. 
Mas., AQSHdagi fuqarolar urushi (1861-1865) natijasida Q. bekor qilingan. Biroq 
Markaziy va Janubiy Arabistonda va Afrikaning ba‘zi mamlakatlari (Efiopiya, Nigeriya 
va b.) da q. XX asrning 50-yillarigacha saqlangan. BMT 1948-yil qabul qilgan Inson 
huquqi umumiy deklaratsiyasining 4-moddasida Q. va qul savdosining hamma turlari 
taqiqlanishi e‘lon qilingan. 1956-yil Jenevada 59 ta davlat vakillari Q. qul savdosi va 
Q.ka o‗xshash odatlar (majburiy mehnat va b.)ni bekor qilishga doir konvensiya qabul 
qilishgan. 
QULOQLASHTIRISH
(rus. kulachestvo - mushtumzo‗r) — mustabid sovet 
rejimining badavlat va o‗rta hol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida tugatish siyosati 
(1929-1933). O‗rta Osiyoda yer-suv islohoti o‗tkazilishi jarayonida qishloqlardagi 
badavlat xonadonlarni ―mushtumzo‗r‖ (―quloq‖) sifatida badarg‗a qilish boshlangan. Bu 
islohot davridayoq 28 ming yirik va o‗rta mulkdorlarning xo‗jaliklari tugatilgan va 
ularning yerlari musodara qilingan edi. Sovet hukumati qishloq xo‗jaligini 
jamoalashtirish (kollektivlashtirish) davridan boshlab quloqlarni sinf sifatida tugatishga 
jiddiy tayyorgarlik ko‗rgan. VKP(b)MK Siyosiy byurosining ―yoppasiga jamoalashtirish 
rayonlarida quloq xo‗jaliklarini tugatish tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori va VKP(b)MK 
O‗rta Osiyo byurosining ―Quloqlarni sinf sifatida tugatish bilan bog‗liq tadbirlar 
to‗g‗risida‖gi ko‗rsatmalari (1930-yil 26-yanvar) asosida O‗zbekiston Kompartiyasi MK 


239 
1930-yil 17-fevralda ―Kollektivlashtirish va quloq xo‗jaliklarini tugatish to‗g‗risida‖ 
qaror qabul qilgan. O‗zbekiston SSRda quloq xo‗jaliklarini tugatish kompaniyasi shu 
qarordan so‗ng avj olgan. ―Quloqlar‖ sifatida ro‗yxatga olingan badavlat xo‗jaliklarning 
mol-mulki to‗liq musodara qilinib, ularning oilalari o‗zga yurtlar (Ukraina, Shimoliy 
Kavkaz, Sibir, Qozog‗iston, Uzoq Sharq va h.k.)ga surgun qilingan. Shuningdek, 
respublikaning o‗zida quloqlar uchun maxsus konsentratsion lagerlar va ko‗chirib 
keltirilganlarning majburiy mehnat posyolkalari (17 ta) tashkil qilingan. Sovet 
hokimiyatiga qarshilik qilgan ―quloqlar‖ esa qamoqqa olingan va otib tashlangan. Sovet 
tuzumi davrida quloqlikka tortilib, surgun qilinganlardan tirik qolganlarining erkin 
fuqarolik maqomini olib, o‗z yurtiga qaytish jarayoni juda og‗ir kechib, u taxminan 20 
yildan ko‗proq vaqt (1934-1956 yil)ni o‗z ichiga oladi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin