Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə310/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   462
LUG\'AT

QO„SHIN 
— urush xavfi tug‗ilganda yoki harbiy yurish oldidan shahar, 
viloyatlarda to‗plangan harbiy qism, lashkar; keng ma‘noda — ko‗p sonli harbiy qism 
(korpus, armiya). ―Q.‖ atamasi zamonaviy qurolli kuchlar turlari, Q. turlari, maxsus 


234 
Q.lar, shuningdek, operativ va hududiy birlashmalarning harbiy kuch va vositalarining 
umumlashgan nomlarini ifodalash uchun qo‗llanadi. 
QOCHOQLAR 
— irqi, e‘tiqodi, millati, muayyan siyosiy guruh yoki siyosiy 
g‗oyalari uchun ta‘qiblarning qurboni bo‗lish xavfi tufayli o‗z fuqaroliklariga ko‗ra 
yashashlari, lozim bo‗lgan mamlakat tashqarisida hayot kechirayotgan shaxslar. 
Qochoqlarning xalqaro-huquqiy mavqei 1951-yilda qabul qilingan. Qochoqlar maqomi 
haqidagi Konvensiya bilan tartibga solinadi. U dunyodagi 107 davlat tomonidan 
ratifikatsiya qilingan.
QOIDALAR
— 1) u yoki bu ijtimoiy munosabat qatnashchilarining normativ 
huquqiy hujjatlarda belgilangan yoki boshqa ijtimoiy normalar (urf-odatlar, an‘analar va 
shu kabilar)da ifodalangan fe‘l-atvori me‘yori, doiralari, shart-sharoitlari. Ba‘zan 
―qoidalar‖ kategoriyasi mamlakatda normativ - huquqiy kategoriya sifatida joriy etiladi-
yu, ammo uning mazmuni yuridik jihatdan aniq belgilab qo‗yilmaydi. Bunday qilinishi 
maqbul emas., chunki qoidani talqin qilish vakolatli organlar yoki mansabdor shaxslar 
ixtiyorida qoladi, bu esa huquqbuzarlikni noaniq tarkibi uchun javobgarlik chorasi 
qo‗llashda foydalanishga yo‗l ochib berishi mumkin. 2) normativ - huquqiy hujjatning 
ehtimol tutilgan nomi (shakli), mas., transportning ayrim turlaridan foydalanish qoidalari 
yoki transportda yurish qoidalari, jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalari, hududlarni 
ozoda saqlash qoidalari, yong‗in xavfsizligi qoidalari va boshqalar. Korxona va tashkilot 
ma‘muriyati ko‗pincha kasaba uyushmasi bilan kelishib ichki- mehnat tartibi qoidalarini 
tasdiqlaydi. 
QONUN 
— inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim 
hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish 
vositasi. Q. davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega bo‗lgan hujjatidir. 
Q. davlat huquq tizimining asosini tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining 
normativ aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega bo‗ladi. Q. uchun uni qabul 
qilishning alohida tartibi. bir necha bosqichdan iborat maxsus qonun chiqarish jarayoni 
xosdir. Bu bosqichlar qonunchilik tashabbusi

qonun loyihasining muhokama qilinishi, 
Q.ning qabul qilinishi va uning e‘lon qilinishidan iborat. Q.lar o‗zida mujassamlashgan 
normalarning mohiyati bo‗yicha konstitutsiyaviy. to‗g‗ridan-to‗g‗ri konstitutsiya talablari 
asosida qabul qilinadigan (organik) va oddiy Q.larga bo‗linadi. Oddiy Q.lar, o‗z 
navbatida, kodifikatsiya qilingan va joriy Q.larga bo‗linadi. Federativ davlatlarda Q.lar, 
shuningdek, federal va federatsiya sub‘ektlari Q.lariga ajratiladi. Q.larning alohida 
toifasini favqulodda Q.lar tashkil etadi. Normativlik Q.ning muhim belgisi va xususiyati 
hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ bo‗lishi mumkin, 
lekin ular Q.chalik qat‘iy kuchga ega bo‗lmay, qisqa muddat amal qiladigan yoki 
huquqni muhofaza etuvchi bo‗lishi mumkin. Q.ning normativligi uning bir xildagi 
qoidani barcha uchun norma, me‘yor, mezon darajasiga ko‗tarilishidadir. Q.da 
mustahkamlangan qoida hamma o‗xshash hollarda bir xildagi talab sifatida takror-takror 
amal qiladi. Q.ning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qat‘iyligi, ustunligi 
va oliyligi bilan chambarchas bog‗liqligidadir. Aynan shu irodaning imperativ 
(bo‗ysundiruv-chi) mazmuni Q. vositasi bilan umumiy yurish-turish va xulq-atvor 
mezonlarini belgilaydi. O‗zbekiston Respublikasi Q.lari quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 1) 
asosiy qonun — Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy qonun; 3) Qonun (kodekslar va joriy 


235 
Q.lar); 4) Qoraqalpog‗iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Q.lari. Q.lar va boshqa 
normativ hujjatlar orasida O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
 
asosiy o‗rinni 
egallaydi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini va boshqaruv 
mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy 
asoslari, siyosiy tizimini, insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining, butun qonunchilikning 
o‗zagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy Q.larning barchasi konstitutsiya qoidalari 
va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yo‗lida chiqariladi. Q.lar quyidagi 
hollarda kuchga kiradi: rasman e‘lon qilingandan 10 kun o‗tgach; Q.da yoki uni amalga 
kiritish to‗g‗risida maxsus hujjatda ko‗rsatilgan vaqtdan boshlab. Q. o‗zida ko‗rsatilgan 
muddat tugagan bo‗lsa yoki bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu 
sohasini tartibga soluvchi yangi Q. qabul qilinishi munosabati bilan) o‗z kuchini 
yo‗qotadi. Q. zamonda amal qiladi. Buning ma‘nosi shuki, ayrim Q.lar orqaga qaytish 
kuchiga ega. Ya‘ni, Q. e‘lon qilinmasdan oldin bo‗lgan ishlarga shu Q. tatbiq etiladi. 
Jumladan, O‗zbekistonda jinoyat va ma‘muriy javobgarlikni engillashtiruvchi Q.lar 
orqaga qaytish kuchiga ega. Q. makonda ham amal qiladi. Buning ma‘nosi Q.lar 
mamlakatning barcha hududlarida amal qilishini bidsiradi. Davlat hududiga quruqlik, 
ichki suvlar va hududiy dengiz havzalari, ushbu hududlar ustidagi havo bo‗shlig‗i va 
davlat chegarasi doirasidagi yer osti kiradi. Odatda, Q.lar ushbu hududdagi barcha 
sub‘ektlar, ya‘ni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlar uchun majburiydir. Q.ning oliy yuridik kuchga egaligi quyidagilarda 
namoyon bo‗ladi: Q.ni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa hech kim 
o‗zgartira olmaydi, bekor qila olmaydi yoki yangisini o‗rnata olmaydi; boshqa barcha 
normativ-huquqiy aktlar Q.ga qat‘iy muvofiq holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi; 
biron-bir qonunosti normativ-huquqiy akt, ya‘ni, qonunga asoslangan hujjat Q.ga zid 
bo‗lsa, u Q.ga muvofiq holga keltiriladi yoki bekor qilinadi; Q.ni qabul qilgan organdan 
boshqa hech kim uni qo‗shimcha tarzda tasdiqlashi va harakatdan to‗xtatib qo‗yishi 
mumkin emas. O‗zbekiston Respublikasining Q.larida yangilanayotgan ijtimoiy 
tuzumning, huquqiy davlat barpo etishning eng muhim prinsiplari, rivojlanish 
yo‗nalishlari va dasturiy vazifalari o‗z aksini topadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin