QO„SH — harbiy yurishlar paytida vaqtincha qo‗nish joyi; vaqtinchalik qarorgoh.
QO„SHILMASLIK HARAKATI — harbiy-siyosiy bloklar va guruhlarda
qatnashmaslikni o‗z tashqi siyosatining asosiy yo‗li deb e‘lon qilgan mamlakatlarni
birlashtiruvchi harakat. Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo‗lgan va hozirda 100 dan
ortiq davlatni birlashtiradi. Ushbu harakatda mustamlakachilik asoratidan ozod bo‗lgan
davlatlarning ko‗pchiligi ishtirok etadi. Q.h.da qatnashuvchi davlatlar 1961-yilda
―Qo‗shilmaslikning besh tamoyili‖ni e‘lon qilganlar. Ular qo‗yidagilardan iborat: turli
tuzumdagi
davlatlar
bilan
tinch-totuv
yashash, qo‗shilmaslik; xalqlarning
mustamlakachilarga qarshi qaratilgan milliy ozodlik harakatini qo‗llab-quvvatlash; buyuk
davlatlar o‗rtasidagi nizolarga taalluqli harbiy ittifoqlarda qatnashmaslik; harbiy
kelishuvlarda qatnashmaslik; o‗z hududida xorijiy harbiy bazalarni joylashtirmaslik.
1990-yillar boshigacha qo‗shilmagan mamlakatlarning quyidagi konferensiyalari bo‗lib
o‗tgan: Belgrad (Yugaslaviya, 1961-yil 25 davlat), Qohira (Misr, 1964-yil 47 davlat),
Lusaka (Zambiya, 1970-yil 54 davlat), Jazoir (1973-yil 76 davlat), Kolombo (Shri Lanka,
1976-yil 86 davlat, shuningdek, 29 mamlakat, xalqaro tashkilot va milliy ozodlik
harakatlari vakillari kuzatuvchi va mehmonlar sifatida ishtirok etgan), Gavana (Kuba,
1979-yil 95 davlat va milliy ozodlik harakatlari, shuningdek, 39 mamlakat, xalqaro
tashkilotlar va milliy ozodlik harakatlari vakillari kuzatuvchi va mehmonlar sifatida
ishtirok etgan), Dehli (Hindiston, 1983-yil 97 davlat va milliy ozodlik harakatlari,
shuningdek, 41 mamlakat, xalqaro tashkilot va milliy ozodlik harakatlari vakillari
kuzatuvchi va mehmonlar sifatida ishtirok etgan), Xarare (Zimbabve, 1986-yil 100 davlat
va milliy ozodlik harakatlari), Belgrad (Yugaslaviya, 1989-yil 102 davlat), Jakarta
(Indoneziya, 1992-yil 108 davlat). 1992-yil 1 sentabrda O‗zbekiston Q.h.ga a‘zo bo‗ldi.