340
xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va an‘analari jihatidan
bir-birlariga juda yaqin
bo‗lishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalqlar: o‗zbeklar,
turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirg‗izlar,
shuningdek, tojik xalqi azaldan
yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu
tuproqni, Turonzaminni qadimdan o‗zlarining asl Vatani deb bilganlar.
Mustabid sovet
rejimi va bolsheviklar uchun esa Turkiston o‗lkasini bo‗lib tashlab, uni idora qilish
qulay edi. Shu bois 1924 yil 12-iyunda RKP(b)MK Siyosiy byurosi O‗.O.m.h.ch.
to‗g‗risida maxsus qaror qabul qilgach, 15-iyulda RKP(b) MK O‗rta
Osiyo byurosi
yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini
tashkil etdi.
O„TA KATTA DAVLATLAR
— xalqaro tizim va uning barcha a‘zolariga jiddiy
ta‘sir o‗tkaza olish imkonini beradigan yetarli darajadagi kishilik,
iqtisodiy, diplomatik,
geografik va harbiy resurslarga ega xalqaro siyosatdagi global kuchlar markazi deb
atalgan (Mas., ―Sovuq urush‖ davridagi AQSH va SSSR).
O„TISH DAVRI
—
ijtimoiy zamonning bir qismi, ijtimoiy taraqqiyot bosqichi.
Uning asosiy mazmuni-modernizatsiya, ya‘ni jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy
sohalarida yangilanish yasashdir. O‗tish davrining tezligi – o‗z-o‗zidan cheklanadigan
omildir. O‗tishning asossiz ravishda tezlashtirilishi ko‗p o‗tmay jiddiy yo‗qotishlarga
olib keladi va bu jarayon o‗z-o‗zidan sekinlasha boshlaydi. O‗.d.ning garovi bo‗lib
iqtisodiy islohotlarning birinchi o‗rinda turishi, siyosiy islohotlar muvaffaqiyatga
erishishi uchun iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatga
erishishi shartligi, ular asta-sekin va
davomli tarzda amalga oshirilishi, islohotlarning asosiy boshqaruvchisi bo‗lgan
kuchli
ijroiya hokimiyati hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: