TRANSLATION FORUM – 2022 ФОРУМ ПЕРЕВОДОВЕДОВ– 2022 TARJIMASHUNOSLAR FORUMI – 2022 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 28 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 112
w www.oriens.uz December 2022 va rus tillaridagi “Jomiy va Navoiy” kitobining qo‘shni mamlakat rahbari
Imomali Rahmonga taqdim etilgani ham o‘
zbekistonlik, ham tojikistonlik
tadqiqotchilar uchun ibrat bo‘ldi.[1, 310]
Umumbashariy sivilizatsiya zarvaraqlaridan o‘rin olgan, ulkan adabiy
meros qoldirgan allomalar fors-tojik adabiyotida ko‘plab topiladi. Fors-
tojik adabiyoti umuminsoniy qimmatga molik madaniy-ma’naviy xazinaga
benazir hissa qo‘shgan Sa’diy Sheroziy jahon adabiyotida o‘chmas iz
qoldirgan shunday buyuk mutafakkirlardandir.
Umumbashariy sivilizatsiyaga qo‘shgan benazir hissasining e’tirofi
sifatida 21 aprel YUNESKO tomonidan “Buyuk fors shoiri va gumanisti
Shayx Sa’diy Sheroziyni xotirlash kuni” deb e’lon qilingani bejiz emas.
Zero, adib ijodini boshidan oxirigacha bir shodaga aylantirgan mavzu –
inson, uning quvonchu tashvishlari, baxtu saodatiyu dardu alamlari,
kamolotiyu tubanligi sabablari bo‘lib, ularning barchasi, so‘zsiz, tuganmas
va doimo barhayot mavzulardir.
Shoirning bizga malum va mashhur asarlaridan biri bu Guliston va
Bo‘stondir. Ushbu ikki asarning o‘zbekcha tarjimasi XX asrning 70-
yillarida ilk bor nashr etilgan bo‘lib, bugun ularni topishda nafaqat oddiy
o‘quvchi, balki mutaxassislar ham katta qiyinchilik sezayotgandi.
Sa’diy Sheroziy ijodining mahsuli dunyoning o‘nlab tillariga tarjima
qilingani uning ahamiyati nechog‘li yuqoriligidan dalolat beradi.
Mutafakkir asarlari tarjimasi haqida so‘z ketganda, Shoislom
Shomuhamedovning Sa’diyga xos betakror ruhiyatni saqlab qolgan, ya’ni
barchaga ma’lum haqiqatni shoir forschada bayon etganidek yuksak
nazokat va fusunkor shaklda o‘zbek tilida ifodalay olganini alohida
ta’kidlash joiz. [2, 73-77]
Darhaqiqat, Sh.Shomuhamedov o‘zbek ilm-fani va adabiyotida chuqur
iz qoldirgan serqirra mutafakkirlardan edi. Ushbu fikrning isboti sifatida
Shoislom Shomuhammedov qalami ostidan chiqqan ilmiy tadqiqotlar,
tarjima va badiiy asarlarning jami adadi olti yuzdan ortiqligi hamda
forschadan qilingan tarjimalar nashrining umumiy soni bir milliondan
oshganini eslatish mumkin. Bu borada gap ketganda, shubhasiz,
Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston” asarlari tarjimasini alohida ta’kidlash
joiz.