63
4.15-rasm. Uch fazali asboblarda reaktiv quvvatni o‘lchash usuli va
vektorli diagramma sxemasi
Bu ifoda asboblar ho’lg‘amlardagi
kichik qiymatli induktivlik
kuchlanishi uchun aniq harakatlanuvchi va harakatsiz g‘altaklarning
o‘zoro induktivligi to’g’ri bo’ladi. Momentning davr bo‘yicha o‘rtacha
qiymati
yuqori garmonikani hisobga olishda aktiv quvvatga proporsionaldir.
Shuni hisobga olish kerakki, bu faqat kichik ko‘lamli chastota uchun
aniqliligi
vattmetr
ko‘rsatgichlariga
induktivlik
va
vattmetr
elementlarning o‘zaro induktivligining chastotasiga bog‘liqligi ta’sir
qilmaganidagi holatiga asosdir.
Reaktiv quvvat o‘zgarganida xatolik yanada ortadi,
bu uch fazali
tarmoqqa asboblarning balans sxemasi bilan bog‘liq. Bu holatda
aylanish moment bitta faza tokining boshqa kuchlanish ko‘paytmasiga
proporsional. Agar ta’minlovchi kuchlanish sinusoidalli, simmetrik va
muvozanatli bo‘lsa, vattmetrning
aylanuvchi momenti reaktiv
quvvatning asosiy garmonikalariga proporsionaldir:
Elektronli qurilma nosinusoidallik shoraitlarda reaktiv quvvatni
o‘lchash uchun eng zamonaviy va kelajagi bor hisoblanadi. 4.16-rasmda
reaktiv quvvatning almashinuvni qurilmaning tuzilishli sxemasi
tasvirlangan.
64
TT tok va TN kuchlanish transformatorlaridan olingan, signallar 1
va 2 o‘zgartgichga kiradi, ularning chiqishida kuchlanishning talab
qilingan darajasi ta’minlanadi, keyinchalik ko‘paytirgich 3
kirishiga
ko‘paytirgich 5 ning chiqishidagi kuchlanish oniy quvvat R ga
proporsionaldir.
4.16-rasm. Almashuv reaktiv quvvatni o‘lchash uchun qurilmaning
tizimli sxemasi
Ko‘paytirgich 5 dan integrator 4 ning kirishiga signal kiradi va 5
blok vaqtini ulovchi τ tug‘irlagich 7 integrator 4 chiqishidagi signal
aktiv quvvatga proporsional.
Kuchlanish bilan birga 5 blok chiqishda u ko‘paytirgich 6 ga
kiradi, bu yerda πτ/T R miqdoriga kuchlanish proporsional shakllanadi.
Blok 7dan tug‘rilangan
kuchlanish, integrator 8 kirishiga kiradi.
O‘lchaydigan blok 10 bilan signallar 4, 6, 8 bloklari chiqishlaridan,
jamlagich 9 kirishiga, u yerda kuchlanish reaktiv quvvatga proporsional
shakllanadi .
Reaktiv quvvatni o‘lchash shu ekvievalentli sinusoidal usulda
amalga oshiruvchi sxema.
4.17-rasmda ko‘rsatilgan, qurilma o‘z ichiga 1 va 2 kuchlanish va
tokni uzatgichlar va o‘lchash zanjirlariga kuchlanish TN va TT tok
transformator ulanishlari kiradi. 1 va 2 o‘zgartirgichlardan kuchlanish 3
ko‘paytirgich
kirishiga kiradi, u yerda oniy quvvatga proporsional
ravishda signal shakllanadi. Keyinchalik bu signal blok 4 da
integrallanadi va kvadrator 5 kirishiga qabul qilinadi, uning chiqishiga
invertor 6 ulangan bo’ladi.
65
Signallar 1 va 2 o‘zgartirgichlar chiqishidan shunday 7 va 9 lar
kvadratorlar kirishiga uzatiladi, keyinchalik esa integratorlar 8 va 10 lar
kirishiga, u yerda amaldagi kuchlanish va tok qiymatlariga proporsional
ravishda kuchlanish shakllanadi.
Ko‘paytirgich 11 da, S2 = U2· I2 to‘la
quvvat kvadratga
proporsional ravishda signal shakllanadi. Signallar 6 va 11 bloklar
chiqishlaridan jamlagich 12 kirishiga kiradi, u yerdan 13 ildizdan
chiqarish blokiga reaktiv quvvat blok 14 da o‘lchanadi.
Ko‘rib chiqilgan reaktiv quvvatni o‘lchash
sxemalari analogli
sifatida huddi shunday tez va aniq o‘lchaydigan, tezkor sonli
qurilmalarda yaratilishi mumkin.
4.17-rasm. Ekvivalentli sinusoida usulida reaktiv quvvatni o‘lchash
uchun qurilmaning tizimli sxemasi
Dostları ilə paylaş: