XIVChINLILAR (MASTIGOPHORA) sinfiga 7000 dan ortiq tur kiradi.
Asosiy qismi erkin xolda yashaydi. Xivchinlilar sinfi 2 ta kenja sinfga bo’linadi:
o’simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) va hayvonsimon xivchinlilar
(Zoomastigina).
Parazitlik qilib hayot kechiradiganlari asosan hayvonsimon xivchinlilar kenja
sinfiga kiradi.
Kinetoplastidalar (Kinetoplastida) turkumining ayrim turlarigina erkin xolda
yashaydi. Ko’pchilik turlari esa parazitlik qilib hayot kechiradi. Bu turkumning
tripanosomalar (Trypanosoma) urug’iga kiruvchi turlari odam va umurtqali hayvonlar
qonida, orqa miya suyuqligida va boshqa organlarida parazitlik qilib og’ir
kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Tripanosomalarning tasmaga o’xshash yassi tanasi 15-40 mkm keladi. Oldingi
tomonida joylashgan bitta xivchini tanasining yonidan orqaga qarab yo’naladi.
Xivchin yupqa to’lqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal
tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan.
Tripanosomalarning quyidagi turlari yaxshi o’rganilgan: 1).Afrika uyqu
kasalligining qo’zg’atuvchisi - Trypanosoma gambiense; 2).Chagas kasalligining
qo’zg’atuvchisi - Trypanosoma cruzi; 3).Uyqu kasalligining rodeziya shaklini keltirib
chiqaradigan - Trypanosoma rhodesiense va boshqalar.
Trypanosoma gambiense - Afrikada tarqalgan juda og’ir "uyqu kasalligi" deb
atalgan xastalikni qo’zg’atuvchi parazitdir. XX asrning birinchi yarmida shu
kasallikdan bir milliondan ortiq kishi xalok bo’lgan. Kasallik tana haroratining
ko’tarilishi bilan boshlanadi, so’ngra asta-sekinlik bilan markaziy nerv sistemasining
qattiq shikastlanishi kuzatiladi. Bemorda uxlab qolish va aksincha uxlay olmaslik
xollari kuzatiladi. Kasallik o’z vaqtida davolanmasa o’limga olib kelishi mumkin.
Parazitlar bemorlarning qoniga, limfa bezlariga, keyinchalik esa orqa miya
suyuqligiga o’tadi.
Afrika uyqu kasalligining tabiiy manbai antilopalar hisoblanadi, tarqatuvchisi
esa se-se pashshasidir (Glossina palpalis). Kasallik faqat shu qonso’rar pashshalar
tarqalgan xududlarda uchraydi. Pashsha odam qonini so’rganda unga kasallikni
yuqtiradi. Pashshalar ichagida parazitlar bo’yiga bo’linib jinssiz ko’payadi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida xavfli chagas kasalligining qo’zg’atuvchisi -