P a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Mikrosporidiyalar 
tipining vakillari juda mayda bo’lishi va sporalarining 
tuzilishi bilan miksosporidiyalar tipidan farq qiladi. Mikrosporidiyalar tipiga 900 dan 
ortiq tur kiradi. Bu tipga 2 ta sinf va 70 dan ortiq avlod kiradi. Mikrosporidiyalar 
sporasi juda kichik, ya’ni 2-10 mkm bo’ladi va ular qattiq po’st bilan qoplangan. 
Mikrosporidiyalar, asosan har xil xasharotlarning hujayralarida, ba’zan baliqlarning 
hujayralarida parazitlik qiladi. Ular sporasining katta qismini bitta otuvchi kapsula va 
qalin qobiq egallagan. Ikki yadroli amyobasimon murtak juda kichik bo’lib, sodda 
tuzilgan. Spora hayvon xazm organiga tushganida ancha uzun otuvchi tola ajratib 
chiqaradi va qobiqdan ajralgan amyobasimon tanacha hayvonning to’qima va 
hujayralariga kirib rivojlanadi, ya’ni ular jinssiz yo’l bilan ko’payib, sporalar xosil 
qiladi. Ichak bo’shlig’iga tushgan sporalar tashqariga chiqarib yuboriladi. 
Mikrospori-diyalarning ayrim vakillari, masalan, Nosema bombycis tut ipak 
qurtining turli ichak to’qimalarida parazitlik qilib, ularda xavfli o’lat - qoradog’, 
qorason (pebrina) kasalligini vujudga keltiradi. qoradog’ qo’zg’atuvchisi nozema 
sporalari tirik qolgan ipak qurti kapalagining tuxumi(urug’i) orqali so’nggi avlodga 
ham o’tadi.
Ipak qurti kasalligining qo’zg’atuvchisi - nozemaning biologiya-sini 1849-
1858 yillarda fransiyalik olim L.Paster o’rgangan. 
Tut ipak qurti nozemasi ifloslangan tut bargi orqali ipak qurtiga o’tadi. Ichak 
epiteliysi orqali qonga o’tgan parazit qurtning barcha organlarini zararlaydi. L.Paster 
parazitning nasldan-naslga o’tishini aniqlab, kasallangan tuxumlardan sog’ 
tuxumlarni ajratib olish usulini ishlab chiqqan. 
Bu usuldan xozirgacha gren zavodlarida foydalaniladi. Bu kasalning nomini 
nozematoz deyiladi. qoradog’ (pebrina) kasalligiga qarshi kurashish uchun, avvalo, 
ipak qurti urug’ini ochirishga qo’yishdan oldin yaxshilab tekshirish kerak. Urug’ 
zavodlarida faqat sog’lom tut ipak qurti kapalaklarini ajratib, ulardan urug’ olish 
kerak. 
Mikrosporidiyalarning yana bir turi - Nosema apis asalarilarning ichagida 
parazitlik qilib, ichak kasaliga sabab bo’ladi va ko’plab asalari oilalari qirilib ketadi. 
SHuning uchun bu kasallikka qarshi kurashish choralaridan biri kasallangan asalarilar 
oilalari dezinfeksiya qilinishi kerak. Kuchli zararlangan oilalarni qirib tashlashga 
to’g’ri keladi. 
Mikrosporidiyalarning ba’zi bir turlari MDX mamlakatlarining shimoliy 
xududlarida ko’llarda yashovchi ayrim tur baliqlarda ham parazitlik qiladi va 
baliqchilik xo’jaligiga katta zarar etkazadi. Ayrim turlari xatto ovlanadigan va ko’lda 
boqiladigan mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va mo’ynali hayvonlarda ham 
parazitlik qilib, katta iqtisodiy zarar etkazadi. 


23 
SHuni ham aytib o’tish kerakki, mikrosporidiyalarning ayrim vakillari 
zararkunanda xasharotlarda parazitlik qilib, insonga foyda keltiradi. Bularga 300 dan 
ortiq tur kiradi. 
Mikrosporidiyalarning bunday foydali turlari ko’paytirilib, zararkunanda 
xasharotlar ko’p uchraydigan joylarga tarqatilmoqda. Bu esa eng qulay, tabiat va 
inson uchun zararsiz, kelajagi porloq biologik kurash usullaridan hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin