Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia
), ya’ni go’sht sporalilar urug’ining ham bir
qancha turlari bo’lib, ular ayrim uy hayvonlari, ya’ni qoramollar, cho’chqalar va
parrandalar hamda yovvoyi hayvonlarning muskullarida parazitlak qiladi. Ular
18
go’shtda uzun xalta shaklida 0,5-5 mm kattalikdagi sistalar xosil qiladi. Sistalar
ichida esa yuzlab chuvalchangsimon bir yadroli merozoitlar bo’ladi.
Go’sht
sporalilarning
rivojlanishi
koksidiyalarnikiga
o’xshash, lekin
rivojlanishi ikkita xo’jayinda ketadi. o’txo’r sutemizuvchilar va parrandalar
parazitning oraliq xo’jayinlari, yirtqich sutemizuvchilar (mushuklar, itlar) va odamlar
esa asosiy xo’jayinlari hisoblanadi.
Oraliq xo’jayinlar organizmida parazit jinssiz - shizogoniya yo’li bilan va
asosiy xo’jayinlari organizmida jinsiy usulda ko’payadi.
Go’sht bilan asosiy xo’jayini organizmiga tushgan sistalardan juda ko’p
sistazoidlar chiqadi va ular ichak epiteliysi hujayralariga kirib oladi. Hujayra ichida
mikro va makrogamontlar, ulardan esa mikro va makrogametalar etishib chiqadi.
Urug’lanishdan keyin xosil bo’lgan zigota po’stga o’ralib oosistaga aylanadi. Har bir
oosista ichida 2 tadan spora xosil bo’ladi. Em-xashak bilan oraliq xo’jayinining
organizmiga tushgan oosistalardan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar qon orqali qon
tomirlari devoriga, so’ngra muskullarga o’tib, tezda ko’payib xaltaga o’xshash yirik
sistalarni xosil qiladi.
Go’sht sporalilari bilan zararlangan hayvonlarda odatda kasallanish alomatlari
kam seziladi.
QON SPORALILAR (HAEMOSPORIDIA)
turkumi vakillari odam va issiq
qonli hayvonlarning qizil qon hujayralari - eritrositlarida parazitlik qiladi. Bu
turkumga 100 ga yaqin tur kiradi.
Qon sporalilar koksidiyalar singari hujayra ichida yashaydigan parazitlar
bo’lsada, lekin, ularning hayot sikli bir necha xo’jayinda o’tadi. Masalan, bu
turkumning eng muhim vakili odamda bezgak kasalligini keltirib chiqaradigan
bezgak plazmodiysining rivojlanishi ikkita xo’jayinda o’tadi. Jinssiz rivojlanishi,
hamda makro- va mikrogametositlar odam qizil qon tanachalarida etishadi. Bezgak
chivinida (Anopheles) esa jinsiy rivojlanish ketadi. Koksidiyadan farq qilib, bezgak
plazmodiylarning hayot sikli xo’jayinlar (chivin va odam) organizmida o’tadi. Tashqi
muhitga chiqmaydi.
Odamlar orasida bezgak kasalini tarqatuvchi sporalilar plazmodium deyiladi.
Bu kasallik eramizdan oldin ham ma’lum bo’lgan. U vaqtlarda bu kasallikning
qanday paydo bo’lishini va odamlarga yuqish yo’llarini bilishmagan. Lekin, shunga
qaramasdan bu kasallikning botqoqliklarga aloqasi borligini sezishgan va shuning
uchun "botqoq isitmasi" deb atashgan.
Bezgak plazmodiumlarini birinchi marta 1879 yilda rus olimi V.I.Afanasev va
1880 yilda fransuz olimi Al’fons Laveren kashf etganlar.
Bezgak kasalini chivinlar yuqtirishini 1895 yilda ingliz olimi R.Ross va italyan
olim J.Grassi aniqlashgan.
Odamlarda bezgakning asosan 4 ta turi parazitlik qiladi: 1.Plasmodium vivax -
uch kunlik bezgak qo’zg’atuvchisi, ya’ni isitma har 48 soatdan keyin qaytarilib
turadi. 2. Plasmodium malariae - to’rt kunlik bezgak qo’zg’atuvchisi, ya’ni isitma har
72 soatdan keyin qaytarilib turadi. 3. Plasmodium falciparum - 24-48 soat oralab
xuruj qilib turadigan va ko’pincha juda og’ir o’tadigan tropik bezgak
qo’zg’atuvchisidir. 4. Plasmodium ovale - uch kunlik bezgak qo’zg’atuvchisi, ya’ni
isitma har 48 soatdan keyin qaytarilib turadi. Bu bezgak qo’zg’atuvchisi juda
19
kamdan-kam Afrika va Osiyo mamlakatlarida uchraydi. Mustaqil davlatlar
hamdo’stligi mamlakatlarida bu kasallikning qo’zg’atuvchisi bir marta 1924 yilda
Ufa shaxrida uchragan.
Uch kunlik bezgak plazmodiumining (Plasmodium vivax) rivojlanishi
quyidagicha ketadi. Bu parazitning qo’zg’atuvchisi bilan zararlangan bezgak chivini
odam qonini so’rganida, chivin so’lagida bo’lgan sporozoitlar odam qoniga o’tadi.
Bular qon orqali jigar va taloq to’qimalariga keladi. Bu erda ular oziqlanib ko’paya
boshlaydi, ya’ni yadrolari bir nechtaga bo’linadi, so’ngra yadro soniga qarab
sitoplazma ham o’shanchaga ajraladi va parazitning navbatdagi avlodi - merozoitlar
paydo bo’ladi. Keyinchalik bu merozoitlar qizil qon tanachalariga kirib gemoglobini
plazmasi bilan oziqlanadi. Parazitning eritrositlar gemoglobini hisobiga oziqlanib
o’sadigan davriga trofozoitlar deyiladi.
Eritrositlarda rivojlanishning boshlanish davrida trofozoitlar tanasining
markazida vakuola bo’lganligi uchun uzuk shaklida ko’rinadi. Keyinchalik vakuola
yo’qoladi va parazit amyobasimon shakliga kiradi. Trofozoitlardan bo’linib
ko’payuvchi shizontlar xosil bo’ladi. Eritrositlardagi bir shizont yadrosi bir necha
marta bo’linadi va 12-24 ta merozoitlar etiladi. So’ngra bu merozoitlar eritrositning
qobig’ini emirib, qon plazmasiga o’tadi. Bu hodisa merozoit eritrositga kirgandan 48
soat o’tgach sodir bo’ladi va xuddi shu paytda odamni bezgak tutadi. Sababi qon
plazmasiga minglab merozoitlar bilan birga melanin degan zaharli maxsulotlar ham
chiqadi va qonni zaharlaydi. qon plazmasidagi merozoitlar yana qaytadan sog’lom
eritrositlarga kirib, jinssiz rivojlanishni yangidan boshlaydi. Bir necha bor
shizogoniya usulda ko’payish qaytarilgach, bemor qonida jinsiy individlar -
gametositlar xosil bo’ladi, ya’ni eritrositlar ichidagi merozoitlardan urg’ochi -
makrogametositlar va erkak mikrogametositlar paydo bo’ladi. Gametositlarning
keyingi rivojlanishi anofeles chivinining medasida kechadi. Anofeles odamning
qonini
so’rganda
gametositlar
chivinga
o’tadi.
Chivinning
ichida
mikrogametositlarning rivojlanishi natijasida 4-8 ta xivchinli 5-6 ta mikrogametalar
xosil bo’ladi. Makrogametositlarning yadrosi ham kattalashib, makrogametalarga
aylanadi. Mazkur makro- va mikrogametalar qo’shilib zigota xosil qiladi. Zigota
harakatchan bo’lib, u ookineta deb ataladi. Ookineta chivin oshqozoni devorini teshib
kirib, elastik po’stga o’raladi va oosistaga aylanadi. Oosista o’sib, yadrosi bir necha
marta bo’linadi, har bir yadro bo’lagini sitoplazma o’rab oladi va natijada minglab
juda mayda duksimon sporozoitlar xosil bo’ladi. So’ngra oositlar pardasi yoriladi va
ichidagi sporozoitlar (10000 tagacha) chivinning tana bo’shlig’iga tushib, gemolimfa
suyuqligi orqali barcha organlariga tarqaladi. Ular chivinning so’lak bezida ko’plab
to’planadi. Mana shunday chivinlar odamni chaqqanida chivin so’lagi bilan birga
sporozoitlar ham odam qoniga o’tadi. Sporozoitlar bir yadroli uzunchoq shaklga ega
bo’lib, uzunligi 10-15 mikronga teng.
Bezgak er yuzida juda keng tarqalgan kasallikdir. Bezgak kasaliga uchragan
odamda kuchli anemiya (kam qonlilik) kuzatiladi. 1mm
3
qondagi eritrositlar soni
normadagi 5 mln. dan 1 mln. gacha tushib qoladi.
MDX mamlakatlarida bezgak kasalligi 19 asrning oxiri 20 asrning birinchi
yarmida Kavkaz, Markaziy Osiyo, Volganing o’rta va quyi oqimida hamda
Ukrainada keng tarqalgan edi. 1935 yilning o’zida mazkur xududlarda 9 mln. kishi
20
bezgak bilan kasallanganligi ma’lum. Bu davrda odamlarning bezgak bilan
kasallanishi, ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika, Osiyo va Evropadagi juda ko’p
mamlakatlarda keng tarqalgan edi. 1930 yillarda faqatgina Xindistonning o’zida har
yili 100 mln.dan ortiq kishi bezgak bilan kasallangan.
Bezgak kasalligining qo’zg’atuvchisini o’rganish va unga qarshi kurash
choralarini ishlab chiqishda rus olimlaridan I.I.Mechnikov, V.M.Afanasev,
V.Ya.Danilevskiy, E.Marsinovskiy, V.N.Beklemishev, D.D.Romanovskiy va
S.M.Isaev, fransuz olimi SH.L.A.Laveron, ingliz olimi R.D.Ross, P.Gariem, italiyalik
olim D.B.Grassi, Bastenelli va boshqalarning xizmatlari kattadir.
Markaziy Osiyo, shu jumladan bizning mamlakatimizda ham bezgakka qarshi
ishlar olib borilgan. Birinchidan bezgak bilan kasallangan odamlarni majburiy yalpi
davolash kurslaridan o’tkazilgan. Ma’lumki, bezgak chivini o’z tuxumini ko’lmak
suvlarga qo’yadi. SHuning uchun bezgak chivini ko’payishining oldini olish
maqsadida ko’lmak suvlar va botqoqliklar o’zlashtirilib, quritildi. Bezgak chivinlari,
ularning tuxumi, lichinkalari va g’umbaklari turli usullar bilan qirib tashlandi. Oxirgi
yillarda bezgak chiviniga qarshi biologik kurash choralarini qo’llashga aloxida e’tibor
berilmoqda. Xususan, issiq iqlimli joylarda bezgak chivini lichinkasini yo’qotish
uchun xovuz va ko’llarda tirik tug’ar gambuziya balig’i ko’paytirilmoqda. Bu
tadbirlarni o’tkazish natijasida 1960 yildan boshlab MDX mamlakatlarida, shu
jumladan, O’zbekistonda ham bezgak kasalligi butunlay tugatilgan. Lekin
odamlarning bezgak bilan kasallanishi Janubiy va Markaziy Amerika, Osiyo va
ayniqsa, Afrika mamlakatlarida xozirgi kunda ham keng tarqalgan. Xozirgi vaqtda
anofeles avlodiga kiradigan chivinlarning 400 dan ortiq turi bor. SHulardan 25-30 ta
turi bezgak kasalligini qo’zg’atuvchilarining tashuvchisi hisoblanadi.
Odamlarni chivin chaqishidan saqlash uchun badanga har xil kimyoviy dorilar
surish, yozda pashshaxonalardan foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: |