31
quruqlikda yashovchi mollyuskalar (Helicella, Zebrina va boshqalar) va qo’shimcha,
ya’ni ikkinchi oraliq xo’jayini chumolilar (Formica, Proformica) hisoblanadi.
Mollyuskalar ovqatlanganda o’t bilan birga tashqi muhitga tushgan nashtarsimon ikki
so’rg’ichlining tuxumlarini ham yutib yuboradi.
Mollyuska tanasida parazit tuxumlaridan mirasidiy
chiqadi va sporosistaga
aylanadi. Sporosistalar partenogenetik yo’li bilan ko’payadi. Birinchi tartibdagi
sporosistaning embrioni hujayralaridan ikkinchi tartibdagi sporosistalar chiqadi,
bulardan o’z navbatida serkariylar taraqqiy etadi.
SHunday qilib, nashtarsimon ikki
so’rg’ichlida rediya davri bo’lmaydi. Serkariylar faol harakatlanib, mollyuskaning
nafas olish organlariga kirib oladi. Mollyuskaning nafas yo’lida serkariylarning 100-
300 tasi to’planib, umumiy bir po’stga (qopchaga) o’raladi. Bu to’plam
shilliq
tugunchalari deyiladi. Keyinchalik bu tugunchalar mollyuskaning nafas olish teshigi
orqali tashqi muhitga chiqib, o’simlik va boshqa narsalarga yopishadi.
Parazit lichinkalarining mollyuska tanasida rivojlanishi 82 kundan 6 oygacha
davom etadi. Ikkinchi oraliq xo’jayini - chumoli serkariylari bor shilliq qopchalarni,
ya’ni to’plam sistalarni eb, ularni o’zlariga yuqtiradi. Chumolilar organizmida 26-62
kundan keyin serkariylar metaserkariylarga aylanadi. Asosiy xo’jayinlari (chorva
mollari va boshqa umurtqali hayvonlar) suv va o’simliklar bilan birga zararlangan
chumolilarni yutib yuborish orqali parazitlarni o’zlariga yuqtiradi. Odam ham xuddi
shu yo’l bilan zararlanishi mumkin. Asosiy xo’jayini organizmiga o’tgan
metaserkariylar jigar va o’t yo’llarida taraqqiy etib, 1,5-3 oydan keyin jinsiy voyaga
etadi.
Nashtarsimon ikki so’rg’ichlilar keltirib chiqaradigan
kasallik dikroselioz
deyiladi. Bu kasallik chorva mollari o’rtasida deyarli hamma joyda uchraydi.
Respublikamizda mollarning dikroselioz bilan kasallanishi ko’pincha tog’ va tog’oldi
mintaqalarida kuzatiladi. Chunki bu mintaqalarning iqlim sharoitlari oraliq
xo’jayinlarning yashashi va ko’payishi uchun qulaydir. Bunday joylarda katta
yoshdagi qo’ylar dikroselioz bilan 93%gacha, 1-2 yoshdagi qo’ylar esa 87 %gacha va
bir yoshgacha bo’lgan qo’zilar - 66 %gacha kasallanganligi kuzatilgan.
Birinchi
oraliq xo’jayini -mollyuskalarning parazit lichinkalari bilan zararlanish darajasi 5 -
5,8 %ni tashkil qiladi. Dikroseliyning ikkinchi, ya’ni qo’shimcha xo’jayini -
chumolilarning zararlanish darajasi 28-43 %ni tashkil qilib,
ayrim chumolilarda
metaserkariylar soni 250 tagacha boradi. Bitta qo’y jigaridagi parazitning soni 50
mingtagacha borishi mumkin, bunday paytda kasallik og’irlashib, xatto o’limga olib
keladi. Dikroseliozni davolash va uning oldini olish uchun avvalo kasallangan chorva
mollarni geksaxlor-paraksilol va boshqa dorilar bilan degel’mintizasiya qilinadi. yosh
mollarni dikroseliy tarqalgan yaylovlarda boqmaslik, vaqti-vaqti bilan yaylovlarni
almashtirib turish va oraliq xo’jayinlariga qarshi kurash
chora - tadbirlarni amalga
oshirish lozim.
Dostları ilə paylaş: