27
xajmdagi trematodalar (jigar qurtida) ichaklari gavda yuzasi bo’ylab shoxlangan
bo’ladi. Ularda qon aylanish sistemasi bo’lmaganligi tufayli xazm bo’lgan oziq
moddalar to’qima va organlarga bevosita ichakning o’zidan so’riladi. Ba’zi juda
mayda trematodalarda ichak rudiment xolda saqlanib qolgan yoki butunlay
bo’lmaydi. Trematodalar asosan xo’jayini ichagidagi oziq moddalari, shiralari, qattiq
to’qimalari va qoni bilan oziqlanadi.
Ayirish sistemasi yassi chuvalchanglar uchun tipik bo’lgan protonefridiya
tarzida
tuzilgan, ya’ni bir juft yig’uvchi naylar va ulardan tarqalgan juda ko’p
naychalardan iborat. Naylar siydik pufagiga, siydik pufagi esa tashqariga ochiladi.
Nerv sistemasi anchagina xilma-xil tuzilgan. Ularning tomog’i atrofida 2 ta
yirik nerv gangliyalari bo’lib, ulardan gavda bo’ylab oldinga va orqaga 3 juft
bo’ylama nerv tolalari ketgan. Bu nerv tolalari ham o’z navbatida shoxlanib, tananing
eng chekka qismlarigacha etib boradi va ular o’zaro ko’ndalang nerv tolalari bilan
qo’shiladi. Bo’ylama nerv tolalari orasida ayniqsa qorin nervlari yaxshi rivojlangan.
Parazitlarning, jumladan endoparazitlarning qorong’i sharotida yashashi
natijasida ularda ko’rish organlari reduksiyalashgan. Faqat erkin yashovchi
lichinkalarida primitiv xolda tuzilgan ko’rish organlari bo’ladi.
Trematodalar shistosomatidalar turkumiga kiruvchi vakillaridan tashqari
barchasi germafrodit. Erkak va urg’ochi jinsiy teshiklari qorin so’rg’ichi
yonida
aloxida-aloxida joylashgan. Ko’pincha jinsiy teshiklar bitta umumiy teshik-kloaka
orqali tashqariga ochiladi. Erkaklik jinsiy organi qorin so’rg’ichidan orqaroqda
joylashgan.
Erkaklik jinsiy organlari sistemasi asosan 2 ta urug’dondan iborat bo’lib,
ularning kuchli shoxlangan qismi tananing markazini qoplab 2 ta urug’ yo’liga
tutashgan. Urug’ yo’li naychalari bitta urug’ chiqarish nayiga birlashadi. Bunday
urug’lantiruvchi organ qorin tomonida boshga yaqin joylashgan kloakaga ochilgan.
Muskullashgan
urug’
chiqarish
nayi
tashqariga
qayrilib
chiqa
oladi.
Trematodalarning urg’ochilik jinsiy organlari sistemasi bitta tuxumdondan iborat.
Tuxumdon urug’donlardan keyinroqda joylashgan. Tuxumdondan tuxum yo’li
chiqadi va ootip deb ataladigan xaltachaga ochiladi. Ayrim endoparazitlarda ootip
bo’lmaydi. Ootipga yoki tuxum yo’liga (ootipi bo’lmaganlarida) sariqdonlar yo’li
ham qo’shiladi. Trematodalarning sariqdoni juda rivojlangan bo’lib, ular tananing 2
yoniga joylashgan juda ko’p pufakchalardan iborat.
Ootipdan uzun egri-bugri
bachadon boshlanadi. Bachadon etilgan tuxum hujayralari bilan to’lgan bo’lib, jinsiy
kloakaga ochiladi. Ootipga urug’ qabul qilgich va qisqa Laurerov nayi ham ochiladi.
Bundan tashqari ootipni mayda po’choq bezlari ham o’rab turadi. Trematodalar shu
jumladan jigar qurti ham spermatozoidlarini almashtirib urchiydi. Tuxum ootip
bo’shlig’ida spermatozoidlar bilan qo’shilib otalangach, atrofida sariqlik hujayralari
to’planadi. SHundan so’ng har bir otalangan tuxum juda qalin qobiq bilan o’ralib
bachadonga o’tadi. Bachadonda minglarcha tuxumlar bo’ladi. So’ngra
bu tuxumlar
xo’jayinining o’t yo’llari orqali ichakka o’tadi va hayvon tezagi bilan tashqariga
chiqadi. Trematodalarning tuxumlari ovalsimon, yumaloq bo’lib, rangi sarg’ish,
qo’ng’ir va tilla rang tusda bo’ladi. Ko’pchilik vakillarida tuxumining qutblaridan
birida kichkina qopqoqcha bo’ladi. Tuxum ichida rivojlangan lichinka ana shu
qopqoqchadan tashqariga - suvga chiqadi. Umuman
trematodalar tuxumi keyingi
28
rivojlanishi uchun suvga (xovuz, ko’l, daryoga) tushishi kerak. Tuxum suv yoki
sernam tuproqqa tushsagina unda embrion rivojlanadi. Ma’lum vaqtdan keyin
tuxumdan usti mayda kiprikchalar bilan qoplangan lichinka - mirasidiy chiqadi.
So’rg’ichlilar ko’plab tuxum qo’yish bilan bir qatorda, lichinkalik davrlarida
Dostları ilə paylaş: