29
sporosistada 10-15 ta rediyalar etiladi. Sporosista yorilib, rediyalar mollyuska
tanasiga chiqadi. Rediyalar murakkabroq tuzilgan bo’lib, ularda og’iz, shoxlanmagan
to’g’ri ichak, ichki qismida esa tuxum (embrion) hujayralari bo’ladi. Bunday
rediyalar sporosista po’stini yorib chiqib, mustaqil ravishda rivojlanishini davom
ettiradi. Rediyalar mollyuska ichida 2-2,5 oy yashaydi. Cho’ziq
shakldagi rediyalar
ham partenogenetik yo’l bilan ko’payib, jigar qurtining navbatdagi lichinkalik davri -
serkariylarni xosil qiladi. Serkariylar rediyalardan keskin farq qilib, ularning tanasi
tuxum shaklida, 2 ta so’rg’ichi, ya’ni og’iz va qorin so’rg’ichi, 2 shoxchaga bo’lingan
o’rta ichagi, anchagina rivojlangan ayiruv organlar sistemasi, jinsiy organlar
boshlang’ichi va orqa uchida lichinkaga xos organ muskulli dumi bo’ladi. Serkariylar
ana shu dumi orqali suvda suzadi. Demak, serkariylar ma’lum darajada voyaga etgan
jigar qurtiga o’xshaydi. Serkariylar rediya tanasidagi teshik orqali mollyuska
tanasidan suvga chiqadi. Serkariyalar ham mirasidiylar singari oziqlanmaydi. Ma’lum
vaqt (24-48 soat) suvda suzib yurib, so’ngra yumaloqlanadi,
dumi tushib ketadi va
o’zidan chiqqan po’stga, ya’ni sistaga o’ralib adoleskariy deb ataladigan keyingi
lichinkalik davriga aylanadi. Adoleskariylar suv ustida suzib yuradi yoki ko’pincha
suv o’tlariga yopishgan xolda suv ostiga cho’kib uzoq vaqt tiriklik xususiyatini
saqlab qoladi. Adoleskariy yuqumli (invazion) xolat hisoblanadi. Ular o’t va suv
orqali asosiy xo’jayinlari (umurtqali hayvonlar) yoki odam organizmiga o’tadi.
Xo’jayini ichagida sistaning qobig’i eriydi, yosh parazit hayvonning ichak
devorlariga yopishib qon kapilyarlari orqali jigar o’t yo’llariga o’tadi va u erda jinsiy
voyaga etib, yuqoridagi hayot jarayoni yana takrorlanadi.
Ba’zi so’rg’ichlilarda (shistosomatida turkumi vakillarida) adoleskariy xosil
bo’lmaydi va serkariyning oldingi uchida maxsus moslamasi (xartumi) bo’lib, uning
yordamida serkariylar asosiy xo’jayini tanasiga kiradi. 2 ta oraliq xo’jayin orqali
rivojlanadigan so’rg’ichlilarda birinchi oraliq xo’jayini albatta, birorta suv yoki
quruqlikda yashaydigan mollyuska bo’ladi. Birinchi oraliq xo’jayindan
tashqariga
chiqqan serkariylarning ikkinchi oraliq yoki qo’shimcha xo’jayinga kiruvchilarida
to’qimani emiruvchi bezlar ancha rivojlangan. Bunday serkariylar ikkinchi oraliq
xo’jayinlariga (ninachi lichinkalariga, baliqlarga) kirib, bu erda ular adoleskariy
davriga to’g’ri keladigan lichinka metaserkariyga aylanadi. Bunda asosiy xo’jayin
metaserkariysi bo’lgan ikkinchi oraliq xo’jayinlarni yutib yuborsa, ular o’zlariga
metaserkariyni yuqtiradilar.
SHunday qilib, mirasidiyning mollyuska organizmiga kirib serkariyga
aylanganga qadar 60-90 kun kerak bo’ladi. Partenogenetik yo’li bilan ko’payib, bitta
mirasidiydan 600-800 tagacha serkariylar etishib chiqadi. Asosiy xo’jayini
organizmiga kirgan adoleskariylar 2,5-4 oydan keyin jinsiy voyaga etadi va ular
asosiy xo’jayinlar organizmida o’rtacha 10-12 oydan 3-5
yilgacha, ba’zan esa 10
yildan ortiq hayot kechiradi.
Jigar qurti asosan qon va jigar to’qimasi bilan oziqlanib, o’z xo’jayiniga katta
zarar etkazadi. Bu parazit jigardagi o’t yo’llarida oxak to’planishi va uning berkilishi
tufayli jigarda og’ir kasallik tug’diradi. Jigar qurti keltirib chiqaradigan kasallik
fassiolyoz deyiladi. Bu kasallik qo’zg’atuvchilari ko’proq sersuv to’qayzorlarda,
chuchuk suvlari ko’p bo’lgan yaylovlarda keng tarqalgan. Ayniqsa, yaylovlarni
almashtirmasdan kasal hayvonlarni bir joyning o’zida uzoq vaqt boqilsa fassiolyoz
30
keng tarqaladi. Chunki kasal hayvon o’z tezagi bilan uzluksiz parazit tuxumini
chiqarib turadi. Umuman, fassiolyoz er yuzida keng tarqalgan. Professor
N.V.Demidovning ma’lumotiga qaraganda MDX mamlakatlarida har yili chorva
mollarining fassiolyoz kasalligidan nobud bo’lishi natijasida 1500-2500 tonna go’sht
va bir million tonnadan ortiq sut yo’qotiladi. Bu kasallik O’zbekistonda ham keng
tarqalgan bo’lib, maxsuldor mollarning 35,9-65,5% fassiolyoz bilan kasllangan.
Respublikamizda fassiolaning 2 ta turi, ya’ni oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) va
ulkan jigar qurti (Fasciola gigantica) uchraydi. Odamlar
ham fassiolyoz bilan
kasallanishi mumkin. Bunda odamlar tasodifan jigar qurtining ko’zga ko’rinmas
lichinkalari (adoleskariylari) bor bo’lgan xovuz, ko’l va xalqob suvlarni ichganda
yoki har xil suv o’tlarini yuvmasdan iste’mol qilganda ularni o’zlariga yuqtiradi.
Masalan, Fransiyaning Leon shaxri yaqinida 500 dan ortiq kishi fassiolyoz kasalligi
bilan og’rigan. Olimlarning tekshirishicha bu odamlar botqoqlikda o’sadigan krest-
salat o’tini iste’mol qilib, bu kasallikni o’zlariga yuqtirganlar.
Respublikamizda 1928-1976 yillar mobaynida 40 dan ortiq odamlar fassiolyoz
bilan og’riganligi qayd qilingan. Umuman, odamlar bu kasallik bilan og’rimasligi
uchun, avvalo oqmaydigan suvni qaynatmasdan ichmasliklari, suv va botqoqliklarda
o’suvchi o’tlarni yaxshilab yuvib iste’mol qilishlari kerak. Kasallangan odamlar
albatta xloksil preparati bilan davolanishlari lozim.
Jigar qurti bilan kasallangan hayvonning ishtaxasi yo’qoladi, ichi ketadi, suti
kamayadi. Kasal hayvonning qorni, ko’kragi va tomog’i atrofida shishlar paydo
bo’ladi. Kasallik davolanmasa o’lim bilan tugaydi.
Fassiolyoz bilan kasallangan chorva mollarini davolash uchun ularga
fassiolalarni o’ldiradigan va ularni hayvon tanasidan
xaydab chiqaradigan dorilar
(antgel’mintlar) beriladi. Bunday dorilarga uglerod IV-xlorid, geksaxlor - paraksilol,
filiksan, geksaxloretan, dertil "O", "B" va boshqalar kiradi.
Hayvonlarga fassiolyoz yuqtirmaslik uchun avvalo yaylov va suv manbalarida
jigar qurti lichinkalarining tarqalishiga yo’l qo’ymaslik, fassiola yuqishidan saqlash,
tezaklarni zararsizlantirish, irrigasiya va meliorasiya tarmoqlarini tartibga solish,
botqoqliklarni quritish, fassiola lichinkalari bilan zararlangan mollyuskalarning
biotoplarini mis kuporosi (1:5000), dixlosalisilanilid, ammiak selitrasi eritmasi bilan
ishlash, yaylovlarni almashtirish va boshqa chora-tadbirlarni ko’rish kerak.
Trematodalarning keng tarqalgan turlaridan yana biri bu
Dostları ilə paylaş: