34
to jinsiy voyaga etishigacha 4-4,5 oy vaqt kerak bo’ladi. Opistorxis keltirib
chiqaradigan kasallik opistorxoz deyiladi. Opistorxozni kasallik sifatida birinchi
marta 1891 yilda Tomsk shaxrida shifokor K.N.Vinogradov aniqlagan.
Bu kasallik
Ukrainada, Perm va Kaliningrad viloyatlarida, Don, Volga daryolarining ba’zi
xavzalarida borligi aniqlangan. Opistorxoz ayniqsa Ob va Irtish daryolarining
xavzalarida keng tarqalgan.
Asosiy xo’jayini organizmida opistorxis 25 yil yashaganligi fanga ma’lum. Bu
kasallikdan o’lgan bir kishining jigarida 25320 dona parazit borligi aniqlangan.
Opistorxoz bilan kasallangan
odamlarda bosh aylanishi, bosh og’rig’i,
asabiylashish va ko’ngil aynish kabi xolatlar kuzatiladi. Jigar va oshqazon osti
bezining ishi buziladi, ba’zi xollarda bu kasallik jigar
va oshqozon osti bezlarida
rakning paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi.
Bu kasallikka qarshi kurashish uchun avvalo opistorxoz bilan kasallangan
odam va hayvonlarga xloksil va boshqa dorilar berib davolash kerak. Metaserkariy
bilan kasallangan baliqlarni yaxshilab pishirish yoki muzlatish yo’li
bilan
yuqumsizlantirish, zararlangan xom baliqlarni asosiy xo’jayinlariga bermaslik, suv
xavzalariga opistorxisning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik hamda axoli o’rtasida
sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishni targ’ibot qilish kerak.
Dostları ilə paylaş: