P a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

 
 
3 – mavzu. SPORALILAR (SPOROZOA

ВА
MIKSOSPORIDIYaLAR 
(MYXOSPORIDIA),
 
SPORALILAR
tipiga 4000 dan ortiq tur kirib, ularning hammasi umurtqasiz 
va umurtqali hayvonlarda, shu jumladan odamlarning turli ichki organlarida 
parazitlik qilib hayot kechiradi va birorta kasallikni keltirib chiqaradi. SHunga ko’ra 
ularning rivojlanishi murakkablashgan bo’lib, har xil muhit sharoitda yashashga
xo’jayinlarini almashtirib turish, jinssiz va jinsiy yo’l bilan ko’payish kabi yangi 
xususiyatlar vujudga kelgan. Ularning harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va 
ovqat xazm qiluvchi vakuolalari rivojlanmagan, ximoya qobig’iga o’ralib spora xosil 
qiladi.
Sporalilar 
tipi 
koksidiyasimonlar 
(Coccidiomorpha) 
va 
gregarinalar 
(Gregarinina) sinflariga bo’linadi.
Maxsuldor hayvonlarda va odamlarda asosan koksidiyasimonlar sinfi vakillari 
parazitlik qilib, xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Koksidiyasimonlar sinfi o’z navbatida bir necha turkumlarga bo’linadi.
KOKSIDIYALAR (COCCIDIIDA
) turkumiga 1000 ga yaqin tur kiradi. 
Umurtqasiz va umurtqali hayvonlar organlarining epiteliy to’qima hujayralarida, 
ya’ni ichak va jigarda parazitlik qiladi. Deyarli har bir koksidiya turi faqat ma’lum bir 
tur hayvonda yashaydi. Voyaga etgan koksidiyalar harakatsiz bo’ladi. 
Cho’zinchoq yosh shakllari, ya’ni sporozoit va merozoitlari faol harakat qiladi. 
Koksidiyalarning ko’payishida jinsiy va jinssiz bo’g’inlarning to’g’ri gallanishi 
xarakterlidir. 
Qoramollar, qo’y va echkilar, quyonlar va parrandalarda asosan Eimeria 
avlodining turlari parazitlik qiladi. Koksidiyalarning rivojlanishi barcha hayvonlarda 
bir xil bo’lib, uchta rivojlanish davrlarini (shizogoniya, gametogoniya va sporogoniya 
davrlarini) o’taydi. Bunda shizogoniya va gametogoniya davrlarining taraqqiyoti 
xo’jayinlar ichki organlarida (endogen davri), sporogoniya davrining taraqqiyoti esa 
tashqi muhitda (ekzogen davri) o’tadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin