Urganch davlat universiteti «yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari»


Mavzu: Changli havoni tozalash usullari. LTG firmasining



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/38
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175004
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Xom ashyoni yigirishga tayyorlash 22

Mavzu: Changli havoni tozalash usullari. LTG firmasining 
tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiriuvchi tizimi 
2 - soat 
14- LABORATORIYA 


Paxta tolasidan ip ishlab chiqarishda yigirish korxonasining o’timlarida qaytimlar va 
chiqindilar ajraladi. Ularning miqdori yigirish sistemasiga, ipning chiziqiy zichligiga hamda 
texnologik tizim tarkibiga kirgan mashina turlariga qarab har xil bo’ladi. 
Qaytimlar deganda tarash, qayta tarash va piltalash mashinalarining pilta uzuqlari, 
piliklash va yigirish mashinalarining pilik uzuqlari hamda yigirish mashinasidan chiqadigan 
michka va halqachalar (momiq o’ramchalari) tushuniladi. Qaytimlarning miqdori odatda 1,5 
dan 3,5 % gacha bo’ladi. 
Paxta tolasi tozalanganda xas-cho’plar, har xil iflosliklar, momiqlar, ya`ni chiqindilar 
ajraladi. Yigirish jarayonlarida ajralgan chiqindilar ikki turga bo’linadi: 
-
qayta ishlatiladigan chiqindilar, ular ko’rinadigan chiqindilar deyiladi; 
-
qayta ishlatilmaydigan yoki ko’rinmaydigan chiqindilar. Bularga chang, yo’qotilgan 
namlik va juda kalta momiqlar kiradi. 
Ko’rinadigan chiqindilar ikkiga bo’linadi: Yigirishga yaroqli va yigirishga yaroqsiz 
chiqindilar. 
Yigirishga yaroqli chiqindilarga tugunaklar, tarandilar va korxona sexlarining 
supurundi tolalari kiradi. 
Yigirishga yaroqsiz chiqindilarga uzunligi 14-15 mm dan kam bo’lgan kalta tolalar, 
valiklarga o’ralgan va filtrlardan olingan momiqlar kiradi. 
O’qituvchi mavjud ko’rgazmali qurollardan foydalangan holda, talabalarni changli 
havoni tozalashning an`anaviy usullari bilan tanishtiradi. Changli havoni tozalashning har bir 
usulining afzallik va kamchiliklari aniqlanadi. Talabalar LTG va Trutzshler firmalarining 
filtrlari misolida tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiruvchi zamonaviy tizimlar bilan 
tanishishadi. 
LTG tizimini yurgizib talabalar ishlashini kuzatishadi. TTА mashinalaridan changli 
havo va tolali chiqindilarning transportirovkasi, filtrning dastlabki va asosiy sektsiyalarining, 
ventilyatorning, kompaktorning hamda tsiklonning ishlashi tahlil qilinadi. 


3.12-rasm. Chang erto’lasi va minorasi qurilmasi 
3.13-rasm. Bir barabanli filtr 
1- ventilyator, 2-chang erto’lasi., 3-chang minorasining havo kanali, 4-to’rli baraban, 5- 
ajratuvchi valik 
1 - englar,2-3 - englar mahkamlangan kameralar, 
4 - chang qopi 
3.14-rasm. Engli filtrning sxemasi 



– 
qabul quvuri; 
2-klapan; 
3,8- bunkerlar; 
4 – englar; 
5- kojux; 
6
— to’rli baraban; 
7
— zichlovchi valik; 
9 — diffuzor; 
10
— havo quvuri; 
11
— chiqindi klapani; 
12 — ventilyator 
3.15-rasm

Ikki bosqichli ФT-2M filtri 
TTА va tarash mashinalarining kameralarida xas-cho’plar va chiqindilar yig’iladi. 
Bular ikki usulda tozalanib, chiqindilar bo’limiga yuboriladi. 
Mexanik usul – mashina to’xtatilib qo’l yordamida kamera tolali chiqindilardan 
tozalanadi, ular aravachalarda chiqindilar bo’limiga olib borilib topshiriladi. 
Markazlashtirilgan 
usul 
– alohida mashinalarning 
chiqindilar 
kamerasi 
pnevmotrubalar yordamida bir tizimga biriktirilgan bo’ladi. Chiqindilar kamerasi klapanlari 
vaqti - vaqti bilan ishga tushirilib, undagi chiqindilar havo yordamida so’rib olinib chiqindilar 
bo’limiga yuboriladi. 
Yigirish korxonalarida tolali chiqindilarni qayta ishlovchi texnologik tizimlar 
o’rnatilgan bo’lib uning tarkibiga qadoqlovchi yoki briketlovchi mashinalar kiritiladi. Qayta 
ishlangan tolali chiqindilar korxonaning o’zida aralashmaga qo’shib ishlatilishi yoki 
ikkilamchi xom ashyo sifatida boshqa korxonalarga sotilishi mumkin. 
LTG firmasining tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiruvchi 
avtomatik tizimi 
LTG firmasining tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiruvchi avtomatik tizimi 
TFC-4 filtri, FKC-3 kompaktori va siklon qurilmasidan iborat. 
TFC-4 filtri dastlabki А va asosiy tozalash kameralaridan iborat. Changli havo oqimi 
va tolali chiqindilar dastlabki tozalash kamerasida to’planib, baraban diski 1 yuzasidagi to’rli 


sirt yordamida kalta tola va chiqindilar ushlab qolinadi. Disk mayda ko’zli kapron to’rdan 
iborat bo’lib, minutiga 24 marta aylanib turadi. Disk yuzasida ushlab qolingan tola va 
chiqindilar ventilyator yordamida harakatlanmaydigan so’ruvchi soplo 2 orqali so’rib olinadi 
va kompaktorga uzatiladi. Kompaktordan chiqqan chala tozalangan havo takroran filtrning 
dastlabki tozalash kamerasiga uzatiladi. 
Changli havoning asosiy oqimi baraban 3 ichiga o’tib barabanning yuzasiga tarang 
qilib qoplangan filtrlovchi element 4 orqali filtrlanib (tozalanib) tashqariga chiqadi. Bunda 
havodagi chang zarrachalari filtrlovchi elementning ichki devorida ushlanib qoladi. 
Filtrlovchi element 4 ikki xil material, tukli trikotaj polotnosi (tukli tarafi barabanning 
ichki tarafiga qaratib qoplanadi) va ignasanchma noto’qima material (kalandrlangan, silliq, 
qattiq tarafi barabanning ichki tarafiga qaratib qoplanadi) bilan qoplanishi mumkin. Baraban 3 
harakatlanmaydi. Unga qoplangan filtrlovchi elementni tozalash seksiyalar bo’yicha 
joylashgan, aylanib turuvchi, so’ruvchi juft saplolar 5 bilan amalga oshiriladi. Saplolar elastik 
havo quvurlari orqali so’ruvchi quvurga biriktirilgan. 
So’ruvchi saplolar va tozalash diski markaziy yo’naltiruvchi quvur – baraban o’qi 
orqali harakatga keltiriladi. Markaziy yo’naltiruvchi quvur 6 esa mufta, zanjir, tishli g’ildirak 
va chervyakli uzatma orqali dvigiteldan harakat oladi. Bu uzatmalarning hammasi havfsizlikni 
ta`minlash maqsadida qobiq bilan qoplanadi. 
Markaziy yo’naltiruvchi quvurda chervyak bo’lib, quvur bilan birgalikda barabanli 
filtr o’qi atrofida aylanadi (16-rasm). 
LTG tizimini yurgizib talabalar filtrining ishlashini kuzatishadi. 


3..16-rasm. LTG firmasining tolali chiqindilar va changli 
havoni 
tozalash tizimi 
1-
uskunalardan kelayotgan tolali chiqindilar; 2-changli havo quvuri; 3-TFS-4 to’rt 
barabanli filtr; 4-toza havoni so’ruvchi vintilyator; 5-chang ajratuvchi siklon; 
6-
chiqindilar uchun kompaktor; 7-halqali yigiruv mashinalaridan chiqqan 
chiqindilarni so’ruvchi kompaktor; 8-avtomatik press. 



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin