texnologiyasining taraqqiyoti davrida yuqoridagi
tadbirlar an`anaviy
va zamonaviy
usullarda tashkil etilmoqda.
Аn`anaviy-
mumtoz
usulda
tolali
chiqindilar
ventilyatorlar
yordamida
mexanizatsiyalashgan labazlarda yigilib, maxsus qurilmalarda tozalanadi.
Changli havo
maxsus minorali erto’la vositasida tabiiy holatda tindi-rilib tozalanadi. Keyinchalik bu
vazifani bajarishda barabanli va engli filtrlar ishlatila boshlandi.
Tolali chiqindilarni yigish va changli havoni tozalashning an`anaviy
usuli quyidagi
kamchiliklarga ega:
-tez- tez texnik nosozliklar ro’y beradi;
-katta yuzadagi ishlab chiqarish maydoni sarflanadi;
-ko’p miqdordagi uskunalar jalb etilib, elektr energiyasi sarfi ortadi;
-ko’p ishchi kuchi talab etiladi;
-changli havo tozalangach qaytadan tsexlarga yuboriladi, qolgan mikrozarralar esa sanitariya
meyorlari talabidan odatda yuqori bo’ladi.
So’nggi yillarda tolali chiqindilarni yigish va changli havoni tozalashni birga uzluksiz
amalga oshiruvchi markazlashtirilgan avtomatik tizim shaklidagi zamonaviy usul qo’llanila
boshlandi. Titish,
aralashtirish, tozalash va tarash jarayonlarining texnologik uskunalaridan
ajralayotgan changli havo hamda tolali chiqindilar ventilyatorlar yordamida «TFB» va «TFG»
tipidagi barabanli filtrlarga haydaladi. Dastlab tolali chiqindilar filtrning yon qismidagi to’rli
to’siq disk sirtida havo va changdan ajratilib to’planadi, so’ngra «FKA» tipidagi kompaktorga
venti-lyator yordamida uzatiladi va briketlash moslamasida toylanib qadoqlanadi.
«TFB» va «TFG» filtrlari qo’shimcha bosim va bosimsiz holatda ishlaydi. To’rli
to’siqli diskdan changli havo «VSR» radial ventilyator yordamida so’rib olinadi.
Baraban sirti filtrlovchi qalin mato bilan qoplangan bo’lib uning ichki tomonida chang
va tolalarning mayda zarralari bosim ostida yigiladi. Changli chiqindilar baraban o’qiga
o’rnatilgan ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi moslama yordamida matodan ajratilib chang
ajratgichga ventilyator
yordamida haydaladi, so’ngra «HBA» briketlovchi qurilmada
qadoqlanadi. Ushbu tizimda ishlatilgan texnik havo chang va havodan ajratilgach yana «TFB»
va «TFG» filtrlariga qaytariladi. Tozalangan havo tsexga yoki atmosferaga chiqarilishi ham
mumkin, havodagi mikrozarralar sanitariya talablariga javob berishi
uchun tozalangan havo
ikkinchi bosqichda forsunkali yomgir qurilmasidan o’tkaziladi.