28
TA`LIM JARAYONIDA TA`LIM OLUVCHI SHAXSI. PEDAGOGIK TIZIM
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ASOSI. PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR TASNIFI
Reja:
1. O`quvchi shaxsi ta`lim jarayoning obyekti va subyekti sifatida
2. Pedagogik jarayon tizim sifatida, pedagogik texnologiyaning asosiy belgilari
va tasnifi
3. Pedagogik texnologiya turlari
Tayanch tushunchalar:
bilim, shaxs, moddiy bilimlar, texnik bilimlar, tushuncha,
aq`liy faoliyat usullari, shaxsning yo`naltirilganlik darajasi, shaxs tajribasi
darajasi, ong, refleksiya
O`quvchi shaxsi ta`lim jarayoning obyekti va subyekti sifatida
Zamonaviy ta’lim tizimi fuqaroning bilim olishi, ijodiy qobiliyatlarini
namoyon etishi, individual jixatdan rivojlanishi, kasbi bo`yicha mehnat q`ilish
xuquqini ro`yobga chiqarish omili.
Shaxs - insonning ruxiy, ma’naviy moxiyati bo`lib, unda quyidagi sifatlar
umumlashgan tizim xolatida bo`ladi:
• Ijtimoiy ahamiyatga molik xususiyatlar majmuasi;
• Atrof-muxitga, o`ziga va dunyoga bo`lgan munosabatlar tizimi;
• Hayot davomida turli ijtimoiy vazifalarni bajarishi orq`ali vujudga keladigan
faoliyat tizimi, xulq`-atvor majmuasi;
• Dunyoni va unda o`zining o`rnini anglash;
• Extiyojlar tizimi;
• Q`obiliyat va ijodiy imkoiiyatlar majmuasi;
• Tashqi muxit ta’sirlariga javob berish reaktsiyasi va x.k.
Shaxs sifatlari taxlil q`ilinganda unda nasliy (biologik) va hayotda orttirilgan
ijtimoiy sifatlar uygun xolatda bo`lishini ko`rish mumkin.
Shaxsda biologik va ijtimoiy sifatlarning nisbatiga ko`ra ular to`rt darajaga bo`linadi:
Dostları ilə paylaş: