Soxibaxon ped texnologiya doc


Ta`limni tashkil etish shakllariining mohiyati, mazmuni, guruxlarni



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/122
tarix13.12.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#175170
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   122
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Ta`limni tashkil etish shakllariining mohiyati, mazmuni, guruxlarni
shakllantirish tamoyillari, ta`lim texnologiyasida o`qitish metodlarining o`rni,
ahamiyati, tasniflanishi va ularni tanlash omillari
Metod – grekcha atama bo'lib, aynan “nimagadir yo'l” degan ma'noni anglatadi,
ya'ni maqsadga erishish yo'lini bildiradi. Metodlarni har qanday muammoni, ya`ni
maqsadni uzatish va qabul qiish xarakteriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- so'z orqali ifodalanadigan metod;
- ko'rgazmali metod;
- amaliy metod.
Metodlar quyidagi guruhlarni o'z ichiga oladi:
- birinchi guruh metodlari: so'z orqali uzatish va informatsiyasini eshitish orqali
qabul qilish metodlari bo`lib, og'zaki metodlarni:
- hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar;
- ikkinchi guruh metodlari: o'quv informatsiyasini ko'rgazmali uzatish va ko'rish
orqali qabul qilish metodlari bo`lib, ko'rgazmali metodlarni:
- tasviriy namoyish qilish va boshqalar;


71
- uchinchi guruh metodlari: o'quv informatsiyasini amaliy mehnat harakatlari
orqali berish bo`lib, amaliy metodlarni:
- mashqlar, labaratoriya ishlari, dastur tuzish, pedagogik masalalarni yechish,
mehnat harakatlari va boshqalarnio`z ichiga oladi.
Ta`lim texnologiyasida o`qitish metodlarining tanlash omillari:
Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda ta`lim oluvchilarning:
- bilim saviyasi,
- o'zlashtirish qobiliyati,
- ta'lim manbai,
- didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi metodlar qo'llaniladi:
- o'qitishning ma'ruza (suhbat) metodi;
- o'qitishning amaliy ishlar metodi;
- laboratoriya ishlar metodi;
- mustaqil ishlar metodi;
- ilmiy tatqiqot meiodlari;
- o'qitishning muammoli – izlanish va reproduktiv metodi;
- o'qitishning induktiv va diduktiv metodi;
- o'qitishning nazorat va o'z – o'zini nazorat qilish metodi.
Interfaol metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli strategiyalardan
foydalaniladi. Bunda talabalarga yashirincha usullardan (kitob, konspektlar va
h.k.) foydalanish taqiqlanmaydi, aksincha, bunday usullarni qo'llash
rag'batlantiriladi.
Talabalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, muammolarni hal
qilishda tayyor standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qilishga
undash, talabalar ichki hissiyotlarini yuzaga chiqarib, ularni mantiqiy fikrlashga
chorlash, ularni solishtirish, xususiy analitik fikr yuritishga o'rgatish, ularning
intellektual. zukkolik xislatlarini shakllantirish va ma'lum yo'nalishda yanada yuqori
darajada
rivojlantirish maqsadida muammoli uslubdan foydalaniladi.
Muammoli vaziyat qanday hosil qilinadi? Buning uchun bajarilishi lozim
bo'lgan topshiriq e’lon qilinadi. Endi shu vazifani bajarish uchun talaba bor bilim
va ko'nikmalarini eslaydi, topshiriqni bajarishda shu paytgacha egallagan
bilimlarining yetishmasligini sezish bilan birga talaba shaxsida ma’lum psixologik
qarama-qarshilik shaklidagi holat yuz beradi. Galdagi muammo topshiriqni
bajarish va shu topshiriqni bajarish uchun yangi bilim, iqtidor va ko'nikmalarni
izlash muammosi paydo bo'ladi. Ana shu vaziyat esa muammoli tahsilning
boshlanish jarayoni hisoblanadi.
Pedagog talabalarning topshiriqni mustaqil bajarish jarayonini zukkolik
bilan boshqaradi, e’tibor bilan kuzatadi, kerak bo'lganda jonli muloqotga


72
chorlaydi. Talabalar mantiqiy fikrlash davomida ularning jonli mushohadasi, fikr
doirasi pedagog tomonidan izchillik bilan hisobga olinadi va tahsil oxirida faol
talabalarga qo’yilgan ballar yoki baholami e’lon qiladi.
Talabalarda umumlashgan psixologik va uslubiy bilim, iqtidor va ko'nikmalarni
shakllantirish, o 'z tajribalarini tanqidiy nuqtai nazardan yanada mustahkamlash,
real haqiqiy amaliyotdagi sharoitda sinash va amaliy ko'nikmalarni yangi bilimlar
bilan yanada boyitish maqsadida shu uslubdan foydalaniladi.
Ma'lumki, har qanday fan o'qitilishi uchun belgilangan maqsadga ko'ra, uning
mazmuni tanlanadi. Uni o'zlashtirish uchun unga mos metodlar tanlanadi. So'ngra
o'quv vositalari va nihoyat, bularga mos ravishda o'qitish shakli tanlanadi.
Talabalarning psixologik tayyorgarliklari va fikrlash yoki olingan bilimlarni
o'zlashtirish darajalariga qarab har bir ta’lim bosqichi uchun mos mazmun va
metodlar tanlanadi. Har bir bosqichning o'ziga xos mazmunini bayon qilish
mantiqi va metodlari bor. Ta’limda har doim mazmun va metodlar muammosi
mavjud, bu muammolar bir-biri bilan uzviy bog'langan. Ta’lim metodlaridagi
muammolar «Kimni qanday o'qitamiz?» degan savol bilan bog'liq bo'lib,
bundan ta'lim metodlarini ishlab chiqish uning mazmuniga bog'liq ekanligi kelib
chiqadi. Bu ikki muammo o'zaro qarama-qarshilikda bo'lib, bir-birini to'ldirib
boradi.
Metodikaning maqsadi mazkur fandan yangi o'quv fani (o'quv predmeti)
yaratish va bu fanning o'zlashtirilishini ta ’minlashdan iborat. Bunday o'quv
fanlari talabaning barcha talab va ehtiyojlarini qoniqtirishi, zamonaviy pedagogik
texnologiyalar talablari asosida «avval o'qish, so'ngra, bu o'qishga o'rgatish
uchun o'qitish» prinsipiga asoslanishi, talabaning o'quv materialini
o'zlashtirishidagi ko'rsatkich va o'zlashtirish darajalari, nazariy va amaliy
bilimlarini egallashda «soddadan-murakkabga» qoidasiga asoslangan nazorat
topshiriqlarini belgilash hamda talabalarga individual va tabaqalashgan holda
yondashuvlar xususiyatlarini hisobga olishi lozim.
An’anaviy metodikada talaba shaxsining rivojlanishini hisobga olgan holda
uning bilimi ko'nikmaga, undan esa malakagacha rivojlanishiga ahamiyat berilmasligi
ayon. An’anaviy ta`limda ta`lim beruvchi talabaga iloji boricha o'rganilayotgan
mavzudan ko'proq axborot berishga harakat qiladi. Ta`lim beruvchi axborotlarni
to'plash, axborotlarni tanlash va qayta ishlash, o'rganilgan axborotlarni qo'llash
kabi bilishning uchta bosqichdan iborat modeliga har doim ham rioya qilavermaydi.
Keyingi navbatda talabaning bilish faoliyati (olgan bilimi) uni bilish
faoliyatining yangi pog'onasiga, ya’ni bu bilish faoliyatining faollashuv jarayoniga
ko'tarishi kerak. Shundagina bilim ko'nikmaga, ko'nikma esa malakaga aylanadi.
Talabalar bilish faoliyatining faollashuvi qator prinsiplarga tayanadi: fanni
o'rganishga qiziqtirish, tayanch iboralaiga asoslanish, muammoli metodlarni


73
qo'llash, mustaqil ishlarni tashkil etish, yalpi va yakka ishlarni tashkillashtirish,
ko'rgazmali va texnik vositalardan foydalanish, ta’lim mazmunini turmush bilan
bog‘lash, fanlararo aloqadorlikni
о
‘rnatish va hokazo. Bundan esa, ta ’lim
jarayonida ta`lim beruvchi rioya qilishi kerak bo‘ladigan asosiy prinsiplar kelib
chiqadi:
- talabada o 'z kuchiga ishonish hissiyotini uyg'otish;
- talabaga o 'z vaqtida kerakli yordam berish.
Talabalarning fanlarga oid tanqidiy fikrini bilish maqsadida quyidagi varaqalar
tarqatilgan:
1. Ma'ruzani eshitib yozib bordim, lekin o'zlashtirilayotgan material mohiyatini
bir davrning o'zida to'liq tushunib, etmadim.
2.
Oliy ta ’limning mazmuni va shakli o'rta maktabnikidan nimasi bilandir farq
qiladi.
3. Ilmiy tushunchalar, atamalar va ta'riflardan foydalanishda qiyinchiliklarni his
qilaman.
5. Ma’ruza va seminar mashg'ulotlarining mohiyatini tushuna olmayman.
5. Nazariy bilimlar bilan amaliyot o'rtasida birmuncha nomutanosibliklar mavjud.
6. Mustaqil faoliyatni rejalashtirishning oqilona usullari yetishmaydi.
7. Mustaqil bilim olish uchun juda oz vaqt qoladi.
8. O'quv yili davomida bir qancha materiallar individual ishlashgayig'ilib qoladi.
9. Reyting nazoratida his-tuyg'uda barqarorlikning yetishmasligi sababli diqqatni bir
joyga to'play olmayman.
10. Seminar mashg'ulot lari va reyting nazoratiga tayyorlanish uchun birlamchi
manbalarning yo'qligi yomon oqibatlarga olib keladi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida
tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga, tanqidiy
fikrlashga olib boradigan tugallangan yo'l ham yo'q. Ammo tanqidiy fikrlovchilarning
shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o'quv sharoitlari to'plami mavjud.
Tanqidiy fikrlash tajribasini egallashi uchun talabalarga vaqt va imkoniyat
berish zarur, ya’ni;
- talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
- turli-tuman g'oya va fikrlami qabul qilish;
- talabalarning o'quv jarayonidagi faolligini ta ’minlash;
- har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga uning o'zida
ishonch hissini uyg'otish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.
Shu munosabat bilan talabalar:
- o'ziga ishonchni orttirish, o'z fikri hamda g'oyalarining qadrini tushunish;
- ta’lim jarayonida faol ishtirok etish;


74
- turli fikr va g'oyalami e’tibor bilan tinglash;
- o'z hukmlarini shakllantirishga va undan qaytishga tayyor turishi lozim. Tanqidiy
(tahliliy) fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog'liqdir. Chunki talabalar
sustkash tinglovchilar bo'lishadi, ularda ta`lim beruvchi bilimli yoki matnda uning
bu bimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilimlariga ta`lim beruvchi mas’ul,
degan ishonch shakllanib qolgan. Ta’lim jarayonidagi talabalarning faol ishtiroki va
ta’limga o'zlarining mas’ul ekanligiga tayyorligi, tanqidiy flkrlashda kutilgan
natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga, o 'z g'oyasi va fikrlari bilan o'zaro
o'rtoqlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini o'stiradi.
Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talabalarning fikrlari, o'z tanqidiy
tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. Ta`lim
beruvchi (pedagog) talabalardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni
talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan xoli bo'lishi lozim. Bu esa
talabalarda o'zgalar g'oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va
qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida talabalarga o'z fikri,
o'ziga taalluqli bo'lgan g'oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini ko'rsata olish kerak.
Talabalarning o'zlari ham o'z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila
olishlari hamda masalalarni muhokama qilish jarayonida o'ta muhim va katta hissa
bo'lib hisoblanishini tan olishlari kerak.
Fikrlash jarayoni talabalarning o'zaro bir-birlari bilan fikr almashishlarini
ko'zda tutadi. O'zaro fikr almashishda talabalardan diqqat bilan tinglash, o'zining
qarashlari tizimini so'rovchiga zo'rlab o'tkazish va boshqa so'zlovchilar fikrini
tuzatib turishdan o'zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar
boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Keng
doiradagi munozara oqibati o'laroq, talabalar o'zlariga tegishli bo'lgan g'oyalami tahlil
qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi hamda ulami o'z bilimlari va
hayotiy tajribalarida yaratgan g'oyalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini
tashkil etishda uni o'tkazishning bir necha modellari mavjud, ya’ni o'ziga ishonch
hosil qilish, ishda faol ishtirok etish, o'rtoqlari va ta`lim beruvchi bilan fikr
almashish, o'zgalar fikrini tinglay olish va boshqalar.
Umuman olganda, talabalarning tanqidiy (tahliliy) fikrini rivojlantirish oliy
o'quv yurtlaridagi o'quv-tarbiya jarayonida kamol toptiruvchi hamda tarbiyalovchi
prinsiplami amalga oshirishda va talabalaming o ’zini-o'zi boshqarishida muhim rol
o'ynaydi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin