129
yilda shu arxivlar bazasi asosida Samarqand viloyati davlat arxivi tashkil topgan.
Samarqand viloyati inqilob jamg‘armasida 1917-yilgi inqilobga oid,
mustabid
tuzumning faoliyati, fuqarolar urushi,
shuningdek, mahalliy xalqning sho‘rolar
hokimiyatining o‘rnatilishiga qarshilik qiluvchi milliy ozodlik harakatlariga oid
hamda Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishiga doir hujjatlar mavjud. O‘rta
Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishiga oid jamg‘armada O‘zbekiston SSR
1924-1930-yillar oralig‘idagi ijtimoiy-iqtisodiy holati, uning poytaxti bo‘lmish
Samarqand va keyinchalik viloyatdagi sotsialistik
qurilish haqidagi hujjatlar
jamlangan. Shuningdek, iqtisodiy va sanoat ishlab chiqarish jamg‘armasida paxta
yetishtirish, vinochilik, ipakchilik va boshqa sohalarga oid hujjatlar saqlanmoqda.
Arxivning suratli
hujjatlari ichida Bibixonim, Shohi Zinda, Xo‘ja Ahror masjidi,
Ulug‘bek madrasasi, Temuriylar saroy arxiv hujjatlari saqlanmoqda. Bugungi kunda
Samarqand viloyat davlat arxivi Samarqand shahri Ko’ksaroy maydonii 7-uyda
faoliyat yuritadi.
Sirdaryo viloyati davlat arxivi.
Sirdaryoda arxiv
ishining tashkil etilishi
1941-yili Toshkent viloyati davlat arxivining Mirzacho‘l bazasidagi faoliyati bilan
bog‘liq. 1963-yili Sirdaryo viloyati tashkil etilgach, Sirdaryo viloyati davlat arxivi
deb qayta nomlangan. Bu arxiv muassasasida saqlanayotgan qimmatli arxiv
hujjatlari Mirzacho‘l tumani va shu yerning o‘zlashtirilishi tarixi, Sirdaryo viloyati
hamda Guliston tarixiga oiddir.
2013-yil 14-iyun kuni Sirdaryo shahrida Sirdaryo davlat arxivi yangi binosi
ochilishi marosimi hamda “Yosh arxivchilar assotsiatsiyasi”ning an’anaviy IV
Forumi o‘tkazildi. Forumda respublikamizning barcha viloyatlaridan 41
nafar
ishtirokchilari tashrif buyurishdi. Forum yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik
sovg‘alari berildi. Arxiv muassasalarida xodimlar salomatligini asrash borasida
jismoniy chiniqtirish va ularni sport o‘yinlariga jalb etish ishlari amalga oshirildi.
Buning uchun davlat arxivlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan sport
anjomlarini sotib olish va ulardan xodimlar extiyoji bo‘yicha foydalanish nazarda
tutildi.
Jumladan, Qashqadaryo viloyatida arxiv xodimlarining salomatligini
mustahkamlash maqsadida xodimlar o‘rtasida may oyida boshqarmada Spartakiada
130
o‘tkazildi. Navoiy viloyatida “Navro‘z” umumxalq bayrami doirasida arxiv
muassasasi xodimlarining qiziqishiga qarab “Kurash”, “Shashka va shaxmat” kabi
milliy sport o‘yinlari o‘tkazildi va sport musobaqalariga jalb qilindi. Hozirda viloyat
davlat arxivi Guliston shahri, Guliston ko‘chasida faoliyat yuritmoqda.
Dostları ilə paylaş: