Xorazm viloyati davlat arxivi.
Xorazmda arxiv ishi 1926-yilda Xarazm
viloyati arxiv byurosi sifatida faoliyat boshladi. Bu arxiv muassasasi 1927-yili
Xorazm okrugi arxivi deb o‘zgartirilgan. 1934-yildan O‘zbekiston SSR Markaziy
arxiv boshqarmasi yangi Urganch bo‘limi sifatida tuzilib, 1935-yildan Xorazm
okrugi arxivi deb qayta o‘zgartirildi. 1938- yili tuzilgan Xorazm viloyati arxiv
boshqarmasi 1940-yildan boshlab, Xorazm viloyati davlat arxivi deb qayta
nomlangan. Viloyat va tuman ijroiya qo‘mitasi jamg‘armasidagi hujjatlarda Xorazm
viloyati xalq ta’limi va viloyatdagi qurilish ishlari olib borilishi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar, sovet hukumatining iqtisodiy va madaniy hayoti aks ettirilgan. Qishloq
xo‘jaligi va suv xo‘jaligi jamg‘armasida qishloq xo‘jaligida tashkil etilgan kolxoz
va MTSlarning tuzilishi, kollektivlashtirishning o‘tkazilishi, paxtachilik,
chorvachilik va sug‘orish tizimlari taraqqiyoti borasidagi ko‘pgina hujjatlar mavjud.
Sovet hukumati xalq ta’limi jamg‘armasida, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, sport va
madaniyat sohasiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, viloyatdagi oliy o‘quv va
o‘rta maxsus bilim yurtlari, kutubxonalar, madaniy-maishiy uylar qurulishiga oid,
viloyat aholisining statistikasiga oid hujjatlar jamlangan. Shuningdek, arxivda
suratli hujjatlar Xorazmdagi sovet hukumatining boshqaruviga, sovet ittifoqi
133
qahramonlari hayotiga va turli shahar – tumanlarga oid hujjatlar jamlangan.
Bugungi kunda Xorazm viloyat davlat arxivi Urganch shahar, A.Bahodirxon
ko’chasi 207-uyda faoliyat yuritadi.
2.Hududiy arxiv muassasalari faoliyatini takomillashtirishning asosiy
yo‘nalishlari.
Mustaqillik yillarida yurtimizda tarixiy hujjatlar va o‘tmish
merosimizni o‘rganishga e’tibor tubdan o‘zgardi. Zero, tarixni tiklash, uni o‘rganish
va yaratish madaniy merosimizni yangi bosqichga olib chiqdi. Istiqlol sharofati bilan
arxiv muassasalariga e’tibor kuchayib, moddiy-texnik bazasi yaxshilanishiga,
binolarining zamonaviylashishi va kadrlar salohiyati o‘sishiga erishildi. Arxivlar
o‘tmishdagi kechmishlarning aniq ifodasidir. Shuning uchun davlat arxivi
muassasalarida mavjud hujjatlarni qayta ko‘rikdan o‘tkazish, ularning sifati va
doimiy saqlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Arxivlar to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar
Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi Qarorining qabul qilinishi ana shu fikrning isbotidir. Shuningdek,
2010-yil iyun oyida “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi yangi Qonunning qabul qilinishi esa
arxiv muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash imkonini yaratdi. Mazkur me’yoriy
hujjatlar asosida arxiv muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
ularni zamon talablari asosida jihozlash, kadrlar salohiyatini oshirish jarayonida
ko‘pgina samarali ishlar amalga oshirildi.
Hujjatlardan foydalanish, ularni ommaviy-axborot vositalari orqali targ‘ib etish
bugunning dolzarb masalalaridan biri sanaladi, – deydi Navoiy viloyat hududiy arxiv
ishi boshqarmasi boshlig‘i Sayyora Bekova. Zamonaviy sinovlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, korxona, tashkilot va muassasalar ish faoliyatida keng
ishlatiladigan lazer va purkovchi printerlarda hujjatni chop etish uchun maxsus
qog‘oz zarur. Buning uchun elektrofotografiya usulidan foydalanib kelinayapti.
Yuqori sifatli tasvirlarni olish uchun ishlatilayotgan qog‘oz ma’lum bir issiqlikka
chidamli va elektrostatik xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday printerlarda
chop etilgan hujjatlar matnni oson o‘chib ketadi. Biroq yorug‘likka, issiq haroratga
va namlikka chidamliligi kuchayadi. Ayni paytda viloyatlardagi davlat arxivlarida
134
aniqlangan matnni so‘nayotgan hujjatlarning sug‘urta fondini tashkil etish bo‘yicha
mikrofilmlar tayyorlash ishlarini tashkil etish imkoniyati yo‘q, maxsus asbob-
uskunalar mavjud emas. Bu yo‘nalishdagi ishlar reproduktiv tasvirga olishdan iborat
bo‘lmoqda. Ya’ni, hujjatning aslidan skaner, raqamli fotoapparatlar yordamida
fotonusxa olinayapti. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Navoiy viloyatidagi davlat
arxivlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun bir-biridan dolzarb ishlar
amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, ularni internet tarmog‘iga ulash natijasida
aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatilyapti. Bu esa arxiv ishlarini yanada
takomillashtirish imkonini bermoqda. Ayni paytda Navoiy shahrida yangi qurilgan
zamonaviy binoda hududiy arxiv ishi boshqarmasi va viloyat davlat arxivi faoliyat
ko‘rsatib kelmoqda. Bunday muassasalarning bir binoda joylashtirilgani
fuqarolarning ortiqcha ovvoragarchiliklariga barham berdi. Bu ko‘rkam ma’muriy
maskanda faoliyat olib borayotgan muassasa xodimlari uchun barcha sharoit va
imkoniyatlar yaratilgan. Bino qurilishi uchun qariyb bir gektar yer ajratildi. Bu
maskanni obodonlashtirish maqsadida 5340 kv.metr yer maydoni gulzorga, mevali
ko‘chatlar ekilib, mo‘jaz boqqa aylantirildi. Arxiv hujjatxonalaridagi
ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash asosiy vazifamiz sanaladi, – deydi birinchi
toifali arxivchi Zulayho Zairova. Bunday xonalarning nisbiy namligi va havo
almashinishi doimiy nazorat qilib borilmoqda. Hujjatlarni turli zamburug‘lardan,
kemiruvchilardan himoyalash ham juda muhim. Shuning uchun sanitariya-
epidemiologiya markazi xodimlari bilan birga har oyda tozalash-nazorat ishlari
amalga oshiriladi. Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida tizimdagi arxiv
muassasalariga fuqarolardan jami 4458 ta, asosan, mehnat staji, ish haqi,
taqdirlanish, o‘qish davrini tasdiqlashdan iborat ijtimoiy-huquqiy mazmundagi
so‘rovlar kelib tushdi. Shu davr mobaynida pullik xizmatlarning umumiy hajmi 100
million so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Milliy arxiv fondiga tegishli bo‘lgan o‘ta
qimmatli ma’lumotlarning elektron nusxalari yaratilib, har chorakda saqlovga kelib
tushgan hujjatlar asosida baza yangilanib kelinayapti, – deydi viloyat hududiy arxiv
ishi boshqarmasi bosh mutaxassisi Shuhrat Xoliqulov. Boshqarmaning
navoiy@archive.uz elektron pochtasi orqali ham fuqarolar bilan so‘rovlar amalga
135
oshirilmoqda. Shuningdek, boshqarma veb-saytini yaratish orqali jismoniy va
yuridik shaxslarga interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yanada
kengaytirildi. Har bir bo‘limda elektron hujjat almashish tizimi hokimiyat va
Vazirliklar bilan E-Xat, “O‘zarxiv” agentligi bilan E-xat dasturi orqali amalga
oshirilmoqda. Navoyi viloyatda arxiv ishini rivojlantirishning 2014-yil 1-yarim
yilligiga mo‘ljallangan rejasi barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha samarali amalga
oshirildi. Bu ham tizim xodimlarining o‘z vazifalariga sidqidildan
yondashayotganligidan darak beradi. Demak, jamiyat hayotida ro‘y berayotgan har
bir jarayon, xalqimiz hayotidagi har bir muhim sananing tarix zarvaraqlarida aks
etishida arxivchilar mehnatining ahamiyati beqiyos.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi
194-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2011-yilgacha
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish Dasturi”ga
ko‘ra 18 ta yangi arxiv binosi qurilishi va 1 ta arxiv binosi rekonstruksiya qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 21- martdagi PQ-1730-son
qarorini bajarilishi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlarni
amalga oshirish yuzasidan Agentlik tomonidan “O‘zarxiv” agentligida elektron
hujjatlar almashish tizimini hamda kompyuter texnikasidan foydalanish
samaradorligini oshirish, AKTni rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar
rejasi” ishlab chiqilib, 2012-yil 1-mayda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi
(№08-12-75, 11.05.2012y.).
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, mustaqillik yillarida
hududiy arxiv muassalarini moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Lekin yuqoridagi ma’lumotlardan
ko‘rishimiz mumkinki hozirgi kundagi 102 ta hududiy arxiv muassasalarining 20
dan ortig‘i arxiv hujjatlarini saqlash va bu boradagi faoliyatni olib borish talablariga
to‘la javob beradi. Qolganlari esa dasturlarga kiritilgan bo‘lib, ko‘pgina qilinishi
lozim bo‘lgan ishlar kelajakda amalgaoshirilishi ko‘zlangan. Ushbu ishlarni
jadallashtirish uchun yangicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, xususan,
136
investitsiyalarni jalb qilish, bozor iqtisodiyoti talablariga mos holda xizmat turlarini
kengaytirish, xizmat ko‘rsatish tizimini yangi texnologiyalar qo‘llash orqali
samaradorlikni oshirish kabilarni hal qilish lozim. Bu esa o‘z navbatida huquqiy-
meyoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqarish
imkonini beradi. Shuningdek, Koreya Respublikasi, Fransiya kabi dunyoning
rivojlangan mamlakatlarining ilg‘or ish tajriblaridan foydalanish ham ijobiy samara
keltirishi mumkin.
2014-yil 26-iyulda “O‘zarxiv” agentligining kengaytirilgan hay’atining
videokonferensiya rejimida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik xodimlari, arxiv
ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalar boshliqlari, markaziy, viloyat, shahar va
tumanlar davlat arxivlari hamda shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari direktorlari,
pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok
etdilar. Yig‘ilishda “O‘zarxiv” agentligi tizimida 2013-yil 1-yarim yilligidagi
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda joriy yildagi ustuvor vazifalarni
to‘liq bajarish yuzasidan qo‘shimcha choralar to‘g‘risida, Buxoro va Samarqand
viloyat arxiv muassasalarida sohaga oid asosiy faoliyatni kompleks o‘rganish
natijalari to‘g‘risida, 2013-yil investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlar hamda 2014-
yil investitsiya dasturiga takliflar to‘g‘risida, pensiya jamg‘armasi tomonidan arxiv
muassasalarida fuqarolarga beriladigan arxiv ma’lumotlarini haqqoniyligi bo‘yicha
o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari to‘g‘risida, Respublika arxiv muassasalarida ijro
intizomining holati to‘g‘risida va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
tomonidan “Agentlikda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari
to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish natijalari to‘g‘risida
masalalar ko‘rib chiqildi.
Dostları ilə paylaş: |