131
O‘zbekiston SSR Xalq Komissasrlari Sovetining 1940-yil 21-iyuldagi 1052-
sonli qaroriga asosan Toshkent viloyati arxiv boshqarmasi, Toshkent viloyati davlat
arxiviga aylantirildi. 1943-yildan 1957-yilgacha Toshkent viloyati davlat arxivi
O‘zbekiston SSR Ichki Ishlar Vazirligi boshqarmasining
Toshkent viloyati
bo‘linmalari qoshida faoliyat yuritdi.
1992-yildan boshlab Toshkent viloyati hokimligi tashkil topganligi sababli,
Toshkent viloyati hokimligi arxiv bo‘limi deb ataldi. O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2004- yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv
ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 49-sonli qarori, Toshkent
viloyati hokimligining 2004-yil 17-mart № 54 sonli qaroriga asosan Toshkent
viloyati arxiv bo‘limi, Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmasiga aylantirildi.
Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmasiga qarashli Toshkent viloyati davlat arxivi
va uning 6 ta filialida hozirgi kunda 593239 dan ortiq hujjatlar saqlanmoqda.
Bugungi kunda Toshkent viloyat
davlat arxivi Qibray tumani, Yangiobod q.f.y,
Milliy bog’ 27 a-uyda faoliyat yuritadi.
Dostları ilə paylaş: