47
Biror narsani bilish asosida.
Misol sifatida parol, shaxsiy identifikatsiya kodi
PIN (Personal Identification Number) hamda “so‘rov javob” xilidagi protokollarda
namoyish etiluvchi maxfiy va ochiq kalitlarni ko‘rsatish mumkin;
Biror narsaga egaligi asosida.
Odatda, bular magnit kartalar, smart-kartalar,
sertifikatlar va
touch memory qurilmalari;
Qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida.
Ushbu kategoriya o‘z tarkibiga
foydalanuvchining biometrik xarakteristikalariga (ovozlar, ko‘zining
rangdor
pardasi va to‘r pardasi,
barmoq izlari, kaft geometriyasi va h.k.)
asoslangan
usullarni oladi. Bu kategoriyada kriptografik usullar va vositalar ishlatilmaydi.
Biometrik xarakteristikalar binodan yoki qandaydir
texnikadan foydalanishni
nazoratlashda ishlatiladi.
Parol
- foydalanuvchi hamda uning axborot almashinuvidagi sherigi biladigan
tekst yoki son. O’zaro autentifikatsiya uchun foydalanuvchi
va uning sherigi
o‘rtasida parol almashinishi mumkin. Plastik karta
va smart-karta egasini
autentifikatsiyasida shaxsiy identifikatsiya nomeri PIN sinalgan usul hisoblanadi.
PIN - kodning maxfiy qiymati faqat karta egasiga ma’lum bo‘lishi shart.
Dostları ilə paylaş: