Axborot kommunikatsion texnologiyalar


§ Parol orqali himoyalash usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/85
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175240
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85
Axborot kommunikatsion texnologiyalar (1)

2.7§ Parol orqali himoyalash usullari 
Foydalanuvchi 
nuqtai 
nazaridan 
qaralganda, 
hujjat 
xavfsizligini 
ta’minlashning yagona yo‘li – unga parol qo‘yishdir. 
Paroli hujjatning o‘zida saqlanadigan usul. 
Eng oddiy usul shundan iboratki, 
bunda foydalanuvchi tomonidan o‘rnatilgan parol hujjat faylining o‘zida saqlanadi. 
Bu holatda hujjatga kirish ruxsati foydalanuvchiga faqatgina kiritiladigan va 
o‘rnatilgan parollar o‘zaro bir-biriga mos tushgan holdagina beriladi. Ammo, parol 
orqali himoyalashning ushbu usulini yengib o‘tish oson – axir agar parol hujjatning 
o‘zida ochiq holda saqlanadigan bo‘lsa, uni u yerdan chiqarib olish qiyinchilik 
tug‘dirmaydi. Shunday bo‘lsada, ushbu usulning ishonchsizligiga qaramasdan, 
ba’zi paytlarda qo‘llanib turiladi. Xususan, MS Office (Word, Excel) hujjatlarida, 
parolni hujjatning o‘zida sof (unicode kodirovkasida) ko‘rinishda saqlab, uni 
o‘zgartirishlardan himoyalash ko‘zda tutilgan. 


49 
Parolli autentifikatsiya.
Parolli autentifikatsiyaning asosiy afzalligi uning 
oddiyligi va ko‘nikmaning mavjudligidir. Parollar to‘g‘ri ishlatilishi bilan ko‘pgina 
tashkilotlarning ishonchli xavfsizlik darajasini ta’minlashi mumkin. Shunday 
bo‘lsada, parollarni haqiqiylikni tekshirishning eng zaif vositasi deb qaraladi. Parol 
oson yodga tushishi uchun uni oddiy nomlashadi (telefon raqami, mashina raqami, 
tug‘ilgan kuni sanasi, sport komandasi nomi va shu kabilar). Biroq oddiy parolni 
topish qiyin emas, ayniqsa foydalanuvchining yaxshi ko‘radigan narsalarini bilgan 
hollarda. 
Hujjatlarda ko‘rsatilgan standart ko‘rsatmalar bo‘lsa ham, ko‘pchilik hollarda 
parollar oldindan sir saqlanmaydi va ular o‘rnatilgandan biroz vaqtdan keyin ham 
ular almashtirilmaydi. 
Parol kiritayotgan paytda kuzatish mumkin. Ayrim paytlarda unga qarshi 
optik vositalar ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin