Axborot kommunikatsion texnologiyalar


  Xavfsizlikning tashkiliy himoyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/85
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175240
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85
Axborot kommunikatsion texnologiyalar (1)

 


55 
Xavfsizlikning tashkiliy himoyasi 
- Ishlab chiqarish jarayoni va xodimlar 
o‘rtasida o‘zaro bog‘lanishni normativ-huquqiy asosda ta’minlash.
 
Injener-texnik himoya
- tashkilot (davlat idorasi, korxona) faoliyatiga zarar 
keltirishni oldini oluvchi turli xildagi texnik vositalardan foydalanish. 
3.2§ Tashkilot ishchi kompyuterlarining axborot xavfsizligini ta’minlash 
 
Bugungi kun axborot almashinish vositalari bo‘lmish Internet, mobil aloqa, 
televideniya, radio va boshqalarning takomillashib, ommalashib borayotgan davrda 
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarda axborot tizimlari va 
resurslari axborot xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalaga aylanib bormoqda. 
Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlash qay darajada amalga oshirilmoqda 
degan savolga javob izlagan mutaxassislar bu sohada davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
organlari hamda tashkilotlarni 3 guruhga ajratishgan. 
1-guruh.
Tashkilotda axborot xavfsizligi bilan hech kim shug‘ullanmaydi. 
Axborot xavfsizligini ta’minlash dasturiy ta’minot orqali amalga oshiriladi. (Kod 
ya’ni parol, foydalanishlarni chegaralash va h.k). Barcha savollar tarmoq 
administratori doirasida hal etiladi. 
2-guruh.
Axborot xavfsizligi texnik masala sifatida qaraladi. Bu guruhda 
axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida 1-guruh amallariga qo‘shimcha 
ravishda nusxa ko‘chirish, antiviruslar, tarmoqlararo ekran (Firewall) ishlatiladi. 
3-guruh.
Axborot xavfsizligi tashkilot rahbariyati tomonidan texnikaviy va 
tashkiliy tadbir sifatida qaraladi. Axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan 
dastur ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lib, yuqoridagi guruhlardagi amallar 
bilan bir qatorda pochta va Internet xabarlari, himoyalanish darajasi analizi, ichki 
va tashqi audit amalga oshiriladi. 
Tashkilot 
xodimining 
ishchi 
kompyuterlarida 
mavjud 
axborotlarni 
muhofazalash bo‘yicha axborot xavfsizligi siyosati, axborot xavfsizligini 
ta’minlash borasida ichki normativ hujjatlar (Reglament, chora-tadbir, yo‘riqnoma 
va boshqalar), konfidentsial ma’lumotni oshkor etmaslik haqida kelishuv (mehnat 


56 
shartnomasiga qo‘shimcha band) normativ hujjatlarda tegishli bandlar kiritilgan 
bo‘lishi bilan birga quyidagi choralarni ko‘rish tavsiya etiladi: 
­
axborot xavfsizligi bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish; 
­
tarmoq kabellarini o‘tkazishda texnik me’yor talablariga rioya qilish; 
­
kompyuterlar tizim bloklarini muhrlash; 
­
tizimlarga kirish parollarini o‘rnatish; 
­
administratorlik huquqini cheklash; 
­
USB-port, DVD-RW vositalaridan foydalanishni tartibga solish; 
­
Wi-Fi, 3G modem qurilmalaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanishni 
ta’qiqlash; 
­
internet tarmog‘i trafigini nazorat qilish; 
­
litsenziyaga ega dasturli antivirus bilan ta’minlash va o‘z vaqtida antivirus 
bazalarini yangilab borish; 
­
tarmoqlararo ekran (Firewall) ni to‘g‘ri sozlash. 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlar tomonidan 
yuqorida sanab o‘tilgan tadbirlarni amalga oshirish tashkilotning axborotlarni 
muhofazalashga yordam beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin